So’nggi yangiliklar

07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  0 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  0 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  63 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2

Javohir Esonqulov va "Surxon" o'rtasida nima muammo bo'lgandi? Klub rasmiy javob berdi Yangiliklar

Javohir Esonqulov va "Surxon" o'rtasida nima muammo bo'lgandi? Klub rasmiy javob berdi

Bunda bir necha daqiqa oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali "Surxon" klubi sobiq futbolchisi Javoxir Esonkulov o'zini kaltaklaginliklarini yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilganligi to'g'risidagi videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdi.

Ushbu videoda keltirilishicha, guyoki futbolchini klub azolari kaltaklashgan.

Voqelikni boshidan boshlaymiz:

1. "Surxon" klubi va sobiq futbolchi Javoxir Esonkulov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2021 yilning 21-iyul kuni har ikkala tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilingan va futbolchi klubdan hech qanday moliyaviy etirozi yo'qligi haqidagi rasmiy xujjatga qo'l qo'yib, tasdiqlab bergan. SHundan so'ng, futbolchi O'zPFL ro'yxatidan chiqarilgan.

2. Sobiq futbolchi shartnoma bekor qilingan bo'lsada, klub ofisiga doimiy tashrif buyurib, yana qo'shimcha pullar talab qila boshlagan. 

3. Sobiq futbolchilar Javoxir Esonkulov va Akrom Xodjaevlar o'zaro til biriktirib, klub ofisi eshigi yonida klub rahbari nomiga nisbatan qo'pol so'zlar bilan uning shaxsini kamsitgan.

4. Klubdagi bu vaziyatlardan xabar topgan jamoa sardori Asror Gafurov vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida har ikkala futbolchini klub ofisiga olib kelgan va ushbu so'zlarni nega yozganligi bo'yicha izoh so'ragan. Dastlab, futbolchilar ushbu so'zlarni ular yozmaganliklarini aytishgan lekin ularning har bir harakati klub ofisida o'rnatilgan kuzatuv kameralarida yozib olingan.

5. Jamoa sardori Asror Gafurov futbolchilarga shu jamoada o'ynab, shu jamoani nonini eb, tuzligiga tupurmaslik kerakligini tushuntirgan va o'rtada ziddiyat paydo bo'lgan va ikkala futbolchi bir-birlari bilan mushtlashib ketishgan.

6. Klub sport direktori A.Tairov va klub 1-vice Prezidenti A.Abduraxmonov har ikkala futbolchini ajratishgan va ularni yarashtirib qo'yishgan.

P/S: Sobiq futbolchilar J.Esonkulov va A.Xodjaev o'z aybiga iqror bo'lib, yozma ravishda uzr so'rashgan (Video va foto yozmalar ilova qilinadi).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика