So’nggi yangiliklar

17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  1 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  2 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  3 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  3

Javlon urayotgan Javlon Yangiliklar

Javlon urayotgan Javlon

“Bunyodkor” bu mavsum bir qator moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan o'tkazayotgani bor gap.

Jamoada norasman bo'lsa-da, ko'tarma pullari bekor qilingan. G'alabali o'yinlardan keyin beriladigan mukofot pullari esa hali berilmay kelmoqda. SHunga qaramay, jamoa tizzalab qolgani yo'q. Balki o'z o'yinini ko'rsatishda davom etmoqda. 

Bunga bir nechta futbolchilarning mehnati-yu, jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning zukkoligi sabab deya olamiz. “Bunyodkor”ning hozirgi tarkibi o'sha Rivaldo va yana boshqa yulduzlar o'ynagan paytdagidek yulduzli emas. Hozirgi jamoada mashhur nomlar bor deya olmaymiz. Lekin shunday futbolchi borki, u tinim bilmay mehnat qilyapti va har safar jamoani o'z elkasida ko'tarib yurishiga to'g'ri kelyapti. Bu - jamoa sardori Javlon Ibrohimov.

IBROHIMOV - TO'PURAR!
Ha, Javlon Ibrohimov bugungi kunda Superliganing eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib turibdi. Bu gapni birinchi bor eshitgan muxlis ishonmasligi aniq. CHunki Javlon ko'p o'yinda maydonga tushgani bilan kam gol urishi bilan yodda qolgan. U o'ynaydigan ampluadan kelib chiqsak, Javlonga o'xshash futbolchilar aslida kam gol uradi, lekin maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi. 

Ibrohimov asosan “tozalovchi”, raqib hujumlarini “bo'g'ib qo'yish” bilan shug'ullanishi kerak. Vaziyat bo'lsa gol urishi ham mumkin. Ammo Superligada shuncha hujumchi bo'la turib aynan Javlonning to'purarlar poygasida yuqoriga ko'tarilib olgani futbolda kamdan kam uchraydigan holat. U hatto “Paxtakor” hujumchisi Ismoil Gonsalvesh bilan “Qizilqum”ning gruziyalik legioneri Elguja Grigalashvilini ham ortda qoldirdi. 

Javlon hozircha bu mavsum hisobidan 8ta gol urdi. U ikki marta safarda to'p kiritgan bo'lsa, qolgan oltita golni uydagi o'yinlarda kiritdi. Ibrohimov “Bunyodkor” stadionida o'tgan bellashuvlarda “Buxoro”, “Metallurg”, “Nasaf” va “Qizilqum” darvozasiga bittadan, “Neftchi” bilan kechgan o'yinda esa ikkita gol urdi. SHuningdek, safarda “Qizilqum” va “So'g'diyona” darvozasini ishg'ol etdi. Qizig'i shundaki, Javlon Ibrohimov gol urgan o'yinlarda “Bunyodkor” faqat yutib kelyapti. 

O'TGAN YIL UMUMAN GOL URMAGAN FUTBOLCHI
Javlon Ibrohimov o'z gollarini bu mavsumga olib qo'ygan shekilli, negaki o'tgan yil birorta ham to'p kiritmagandi. Ushbu yarim himoyachi o'tgan yil oliy ligada 26ta o'yinda maydonga tushib umuman gol urmagan ekan. Lekin futbolchining bu yil omadi kelyapti. Aytish mumkinki, Ibrohimov nafaqat gol uryapti, balki jamoasining haqiqiy etakchisi sifatida har o'yinda ko'zga tashlanyapti. Agar umumiy hisobda oladigan bo'lsak, Javlon Ibrohimov 2011-2017 yillarda hammasi bo'lib 9ta gol urgan. Buning uchun unga 138ta o'yin kerak bo'lgan. Bu yil esa 15 o'yinda maydonga tushgan tayanch yarim himoyachisi 8 bor to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

Agar har bir yil bo'yicha alohida oladigan bo'lsak, Javlon Ibrohimov ilk bor oliy ligada 2007 yil “Traktor” safida maydonga tushgan. O'sha mavsum u 9ta o'yinda harakat qilib, gol ura olmagandi. 2008 yilni “Nasaf”da o'tkazgan futbolchi atigi to'rtta uchrashuvda to'p tepib, yana to'p kirita olmaydi. Bu holat 2009 yil “Lokomotiv”da o'ynagan paytida ham ro'y bergan: 2ta o'yin, gol yo'q. Ibrohimov nihoyat oliy ligadagi ilk golini 2010 yil “Lokomotiv” safida kiritgan. O'sha mavsum u ikkita gol urgandi. 

2011 yildan beri “Bunyodkor” tarkibida to'p tepib kelayotgan futbolchi 2015 va 2017 yillarda gol urmagan. Qolgan mavsumlarda esa ko'pi bilan ikkitadan to'p kiritgan. Xususan 2011 yil 2ta, 2012 yil 2ta, 2013 yil 2ta, 2014 yil 1ta va 2016 yil 2ta gol urgan. Ko'rib turganingizdek, Ibrohimov avvalgi yillari uncha ko'p gol urmagan. Qiziq, u qaysi jamoalarning darvozasini ishg'ol qilgan bo'lishi mumkin? Javlon oliy ligadagi ilk golini 2010 yil “Dinamo” darvozasiga kiritgan. SHu mavsum ikkinchi golini “Paxtakor”ga urgandi. 

2018 yilni hisobga qo'shmaydigan bo'lsak, avvalgi yillari u “SHo'rtan” darvozasiga uch marta, “Qizilqum”ga ikki bor, “Dinamo”, “Neftchi”, “Guliston” va “Qo'qon-1912” darvozalariga bittadan gol urgan. Ibrohimov bungacha sira dubl muallifi bo'lmagandi. Ammo omadi kelib ilk bor shu mavsum “Neftchi” darvozasiga bir o'yinda ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

KAMTARIN FUTBOLCHI
Javlon Ibrohimov haqida gap ketganda uning mahorati va jamoadoshlari orasida o'zini tutishiga gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Tabiatan juda kamtarin hamda kamgap futbolchi. Intervyularda ham ko'p gapirmaydi, imkon qadar savollarga qisqa va lo'nda javob berishga harakat qiladi. Qolaversa maydondagi o'yini ham tahsinga sazovor. Etibor bersangiz, Javlon juda kam hollarda sariq kartochka oladi. To'g'ri, bu mavsum biroz oshib ketgandek. CHunki yarim himoyachi 8ta gol urishdan tashqari olti bor sariq kartochka olishga ham ulgurdi.

U uyda AGMK, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Neftchi”, safarda esa “Qizilqum” va yana “Paxtakor” bilan kechgan bahslarda hakamlar tomonidan ogohlantirildi. Lekin shunisi aniqki, Javlon Ibrohimov bungacha oliy ligada umuman qizil kartochka bilan jazolanmagan. Yuqorida aytib o'tganimizdek, “Bunyodkor”ning 28 yoshli futbolchisi bugungi kunda jamoa etakchisiga aylanib bo'ldi. Ham maydonda, ham maydon tashqarisida hammaga o'rnak bo'lishga harakat qilyapti. Uning Superligada 8ta gol urganini ko'rib jamoadoshlari ham hayron. CHunki klub hujumchilari Filipp Rayevac hisobida 5ta, SHahzod Nurmatov hisobida 3ta gol bor. SHuningdek, Xurshid G'iyosov ham 3ta gol urgan. “Bunyodkor”ning to'purari kim degan savolga esa hamma ishonib-ishonqiramay Javlon Ibrohimov deya javob bermoqda.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика