Javlon Mirabdullaev: "Grandlarga qarshi barcha shunday o'ynasa oliy ligamiz kuchayadi"
06 avg 2015 12:12
Yangiliklar


Javlon Mirabdullaev: "Grandlarga qarshi barcha shunday o'ynasa oliy ligamiz kuchayadi"
Oliy liganing 16-turi ramziy terma jamoasidan joy olgan "Metallurg" klubi himoyachisi Javlon Mirabdullaev o'z fikrlarini bildirdi.
"Lokomotiv"ga qarshi o'yin juda qiyin bo'ldi. Ikkala jamoa uchun ham bahsli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Mezbonlarga ham bizga g'alaba zarur edi. Murabbiyimiz qarshi hujum taktikasida o'ynashimizni tayinladi. Menimcha biz barchasini to'g'ri qildik va durangga erishdik. Agar imkoniyatlardan foydalanganimizda g'alabaga ham erishishimiz mumkin edi. Barcha jamoalar chempionatimiz grandlariga qarshi shunday o'ynasa oliy ligamiz saviyasi anchagina ko'tarilardi.
Ramziy terma jamoaga munosib deb topishganidan albatta xursand bo'ldim. Biroq futbol jamoaviy o'yin, shu bois ramziy termaga kirishda sheriklarimning ham xissasi katta", - deydi Javlon Mirabdullaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar