So’nggi yangiliklar

07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  33 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  1 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19

Javlon Guseynov: Ikkinchi davrada muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimni ishga solishga tayyorman Yangiliklar

Javlon Guseynov: Ikkinchi davrada muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimni ishga solishga tayyorman

Andijonning markaziy himoyachisi Javlon Guseynov uchun mavsumning birinchi qismi ko'ngildagidek o'tdi deya olmaymiz.
Aniqrog'i jaroxatlar 25 yoshli futbolchini vaqtinchalik o'yindan tashqari xolatda qolib ketishini taminladi. Lekin Guseynov ayni damda umumiy guruh bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Undan muxlislarning ham umidi katta. SHu bois Javlonni tezroq safga qaytishini kutayotgan ishqibozlar ham yo'q emas. SHuni inobatga olib, Guseynov bilan suhbat uyushtirishga qaror qildik. O'z navbatida futbolchi ham taklifimizga labbay deya javob berib, bu borada o'zini professionallarcha tutdi.

- Javlon, ayni damda o'zingizni qanday xis qilmoqdasiz?  Jaroxatlardan to'liq forig' bo'ldingizmi?
-  Ha, Yaratganga shukur, hammasi ortda qoldi va hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Malum muddat mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. SHuning uchun birdagina avvalgidek kirishib ketib bo'lmaydi. Vaqt o'tgani sayin hammasi iziga tushib boradi deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan ishlamoqdaman.

- Operaciyadan keyin tiklanish jarayonida sizga kim yoki nima yordam berdi?
- Tiklanishda bosh rolni oila azolarim o'ynadi desam mubolag'a bo'lmaydi. Ularning daldasi tezroq safga qaytishimda yordam berdi.

- Yig'in to'g'risida fikringiz?
- Menimcha hammasi reja asosida kechdi. Mashg'ulotlar bilan birga nazorat uchrashuvlari ham etarli bo'ldi. Ko'prok jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratildi.

- Davralar oralig'ida tarkibda sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Qanday munosabatdasiz?
- Futbolda bu kabi xolatlar uchrab turadi. (Kulib) Tarkibda yuz bergan o'zgarishlarga asta sekin urganib ham ketarkansiz. Bu albatta yaxshiku, lekin bir tomondan murabbiylarga qiyin. CHunki yangi jamoani shakllantirish uchun yana vaqt kerak bo'ladi. Safimizga kelib qo'shilganlar bilan ilgari birga o'ynaganmiz, terma jamoada va boshka klublarda. Ularni jamoa yaxshi qabul qildi deya olaman.

- Rasmiy o'yinlar boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Tayyormisiz?
- Ochig'ini aytganda, hozir o'yinlarga 100% tayyorman deya olmayman. Lekin bunga ancha yaqinman. Xudo xohlasa 100% darajaga chiqib muxlislarni o'yinim bilan xursand qilaman. Buni o'zim ham sog'indim. Agarda murabbiylar ishonch bildirishsa hamisha jangga shayman va jamoamga yordamim tegsa bundan xursand bo'laman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика