So’nggi yangiliklar

21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  8 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  2 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  28 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3

Javlon “Bunyodkor”da, SHohnazar “Akjayik”da Yangiliklar

Javlon “Bunyodkor”da, SHohnazar “Akjayik”da

O'tgan mavsum Bekobodning “Metallurg” jamoasi tarkibida ajoyib mavsumni o'tkazgan bir qator futbolchilar bu yil yangi klublar safida paydo bo'lishmoqda.
Jumladan, 23 yoshgacha bo'lgan yigitlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan Javlon Mirabdullaev guruh o'yinlari tugagach BAAga “Bunyodkor”ning o'quv-mashg'ulot yig'iniga borib qo'shildi. Aslida Mirabdullaev “Bunyodkor” bilan qita chempionatiga qadar kelishuvga erishgandi. Faqatgina bu bitimni Olimpiya o'yinlari saralash bahslaridan keyin ishqibozlar etiboriga etkazishga kelishib olishganliklari bois yangilik endi matbuot yuzini ko'rdi. “Bunyodkor” tarkibiga faoliyat yuritayotgan eks-metallurgchi SHahzodbek Nurmatov esa kecha “Anji”ga qarshi o'yinda maydonga tushdi va maxachqalaliklar darvozasiga kiritilgan ikkinchi gol muallifi bo'ldi. bu o'yinda “Bunyodkor” 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

“Metallurg”ning yosh va iqtidorli hujumchilaridan biri SHohnazar Norbekov esa Qozog'istonning “Akjayik” jamoasi tarkibida ko'rinish berdi. Mazkur klub ayni paytda Turkiyaning Belek shahrida yig'in o'tkazmoqda. Kecha “Akjayik” Ozarbayjonning “Sumgait” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi va Norbekov 45 daqiqa maydonda to'p surdi. 2015 yilgi mavsum yarim himoya chizig'ida faoliyat olib borgan Alisher Ziyovuddinovning esa “SHo'rtan” klubi yig'inlarida qatnashayotganligi haqida malumotlar bor. Bekobodlik muxlislar va klub rahbariyati “Metallurg” jamoasining muvaffaqiyatida munosib ulush qo'shgan bu futbolchilarning barchasiga minnatdorchilik bildirada va ularning kelgusi faoliyatlariga omad tilaydi.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика