Jasurbek Yaxshiboev yangi jamoasida tanishtirildi
09 iyu 2020 17:36
Yangiliklar
Jasurbek Yaxshiboev yangi jamoasida tanishtirildi
Joriy mavsum boshidan buyon Belarusning "Energetik-BGU" jamoasi tarkibida to'p tepib kelayotgan o'zbekistonlik futbolchi Jasurbek Yaxshiboev klubini o'zgartirgani haqida xabar bergan edik.
Rasmiy xabar: Jasurbek Yaxshiboev boshqa klubga ko'chib o'tdi
Jasur Belarusning boshqa bir klubi "SHaxtyor" (Soligorsk) tarkibiga borib qo'shildi. Bugun soligorskliklar Yaxshiboevni rasman tanishtirishdi. Vatandoshimiz yangi jamoasida 22-raqamda to'p tepadi. "SHaxtyor" uni "Paxtakor"dan mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.
Ayni paytda "SHaxtyor" Belarus chempionatida 30 ochko to'plagan holda BATE bilan birga peshqadamlik qilib turibdi. Jasurning o'zi esa 9 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarib bormoqda, shuningdek u 3ta golli pas ham bergan.
Fikrlar