So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

Jasurbek Jaloliddinov: "Milliy terma jamoa libosini kiyish – har bir futbolchi uchun sharaf" Yangiliklar

Jasurbek Jaloliddinov: "Milliy terma jamoa libosini kiyish – har bir futbolchi uchun sharaf"

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 2020 yilda Jahon chempionati saralashi doirasida 3 ta juda muhim o'yin o'tkazadi.

Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo'lishadi. Ushbu o'yinga jiddiy hozirlik olib borish maqsadida terma jamoamiz 18-24 fevral kunlari BAAda yig'in tashkil etadi. Mazkur yig'in doirasida 23 fevral kuni Belarus terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi.

Ushbu yig'inda “Bunyodkor” jamoasining 17 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Jasurbek Jaloliddinov ham ishtirok etadi. Yosh istedod egasi milliy jamoadan chaqiruv olganidan mamnun ekanini aytib o'tdi:

– Milliy terma jamoa libosini kiyish, mamlakat bosh jamoasi safida to'p surish – har bir futbolchi uchun sharaf sanaladi. Men ham yoshlikdan O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi bo'lishni orzu qilganman. Bu orzum amalga oshayotganidan behad mamnunman.

“Bunyodkor” jamoasi tarkibida Rustam Ashurmatov, Eldor SHomurodov kabi o'yinchilarning yosh bo'lsa-da milliy terma jamoada o'ynashlarini kuzatib, ularga hamisha havas qilganman. Mening ham milliy jamoadan chaqiruv olishimda jamoadoshlarimning va murabbiylarning xissasi katta.

Endi bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun bor mahoratni ishga solish, mashg'ulotlarda ham, o'yin davomida ham maydonda qattiq ter to'kish lozim bo'ladi, – dedi yosh futbolchi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика