Jasurbek Hamroqulov: "O'z maydoningda mag'lub bo'lish alamli"
01 okt 2018 23:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/456125_original.jpg)
![](/upload/storage/456125_220.jpg)
Jasurbek Hamroqulov: "O'z maydoningda mag'lub bo'lish alamli"
Pro-liga 27-turidan o'rin olgan “Iftixor” - “SHerdor” (0:5) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Jasurbek Hamroqulov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.
Albatta o'z maydoningda mag'lub bo'lish alamli. Bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik, bugun nimagadir o'yinimiz chiqmadi, ayrim futbolchilarimiz umuman o'zlariga o'xshamadi. Nima ham derdik, bugun mag'lub bo'ldik, tezroq bu o'yinni unutib, keyingi uchrashuvlarga hozirlik ko'rishimiz kerak. Oldinda bizni yanada qiyin uchrashuvlar kutib turibdi.
Hali hammasi o'z iziga tushadi, muxlislar yana o'sha avvalgi “Iftixor”ni ko'rishadi. Biz bundan buyon yanada jiddiyroq tayyorgarliklar olib boramiz, nasib etsa Pro-Ligada sovrinli o'rinlarni egallab, jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz degan umiddaman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar