So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Jasurbek Ermamatov: “Istiqlol"ning maqsadi - Superliga" Yangiliklar

Jasurbek Ermamatov: “Istiqlol"ning maqsadi - Superliga"

Pro-liga 27-turidan o'rin olgan “Istiqlol” - “SHo'rtan” (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlarning himoyachisi Jasurbek Ermamatov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun kuchli raqibga qarshi maydonga tushdik. “SHo'rtan” kuchli jamoa, 5 ta turdan beri yutqazmay kelayotgan edi. SHundan kelib chiqib, uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rdik va g'alaba qozondik.

Keyingi turda aynan “SHo'rtan” maydoniga safar uyushtiramiz. Bu uchrashuvdan ko'ra ham bizga raqib maydonida qiyin bo'lishi turgan gap. Bugun ular yutqazdi, endi biz bilan bo'ladigan uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rishadi. Biz ham yanada jiddiyroq mashg'ulotlar olib boramiz va nasib etsa safarda g'alaba qozonamiz degan umiddaman.

Jamoamizning maqsadi - Superligaga chiqish, buni jamoamizning har bir futbolchisi his qilayapti, shundan kelib chiqib maydonda borimizni berib harakat qilayapmiz. 

Davralar oralig'ida tarkibimizga yangi futbolchilar kelib qo'shilishdi, aytish mumkinki, ular jamoamizni kuchaytirishdi.

Har bir jamoa uchun muxlislarning daldasi juda muhim. Bugungi uchrashuvga vaqt ajratib kelib, jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.    
Bekzod Tolibov yozib oldi.


“Istiqlol” matubot xizmati bilan xamkorlikda tayyorlandi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика