So’nggi yangiliklar

05:40Жорже Жезус: "Ғалаба қозонишимиз шарт"  1 05:00Педру Морейра: "Биз орзумизда яшамоқдамиз"  3 04:30Жонатан Лукка: "Ал Ҳилол" катта ном, аммо..."  3 02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  5 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  3 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  24 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  9 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  4 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  20 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  28 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0

Jasur Xolto'raev: "Surxon"ning g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman" Yangiliklar

Jasur Xolto'raev: "Surxon"ning g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman"

Termizning "Surxon" jamoasi Superliganing 14-turida Bekobodda "Metallurg"dan ustun keldi (1:0).

 SHu kuni termizliklar safida Jasur Xolto'raev juda faol o'ynadi va aynan unga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin bosh hakam "Metallurg" darvozasiga penalti belgiladi. O'sha penaltidan urilgan gol esa o'yin taqdirini hal qildi. SHu tariqa, Jasur Xolto'raev championat.asia talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Biz bu borada hujumchining fikrlari bilan qiziqdik.

"Metallurg" bilan uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rgandik. Bu yakunda samarasini berdi. Muxlislarimiz uzoq kutgan g'alabani qo'lga kiritdik. Jamoamizga avvalgi uchrashuvlarda omad etishmadi. Yana bazi bir bahslarda futbolchilarimiz jarohat olgani pand berdi. Qolaversa zaxiramiz tor edi. Ikkinchi davrada 5 nafar yangi futbolchi olindi. Endilikda har bir futbolchi o'z poziciyasidagi o'rnini saqlab qolish uchun astoydil kurashadi. Navbatdagi bahslarda ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

Uchrashuvning 60-daqiqasidan so'ng maydonda bir kishi kam bo'lib qoldik. Buning natijasida uslubimizni o'zgartirib qarshi hujumlardan samara chiqarishga harakat qildik. So'nggi daqiqalarda menda imkoniyat bo'ldi. "Metallurg" hujumga o'tib himoyani esdan chiqargandi.  Akbar Ismatullaevni aldab o'tayotganimda u oyog'imga xalaqit berdi va yiqtdi. Ichimdan juda xursand bo'ldim. Nikita Pavlenko nuqtaga yaqinlashayotganda vaziyat gol bilan tugasin deb duo qilib turdim. G'alabaga oz bo'lsada hissamni qo'shganimdan xursandman",- deydi Jasur Xolto'raev.


Superliga. 14-tur laureatlari


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика