So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  6 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Jasur Jaloliddinov: “Revansh olish payti keldi” Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov: “Revansh olish payti keldi”

Bilasiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga Osiyo chempionati saralash bosqichida Afg'oniston, Hindiston va Saudiya Arabistoni raqiblik qiladi.

Guruxda g'oliblik uchun raqobatda mezbon jamoa yani, saudiyalik yoshlarni mag'lub etishga to'g'ri keladi. Odatda, bu kabi o'yinlardan avval muxlislarda o'ziga yarasha hadik bo'ladi. Lekin, futbolchilarda muvaffaqiyatga bo'lgan intilish o'ta yuqori. So'zimizni terma jamoa sardori Jasur Jaloliddinov ham tasdiqladi.

- Hozirgi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saviya va mahorat bobida Osiyo grandlari bilan tenglasha oladimi?

- Siz Yaponiya va Koreyani nazarda tutyapsizmi? Menimcha, ular bizdan doim ustun bo'lib kelgan. Yuqori saviyadagi terma jamoalarni kuchli xohish va iroda evaziga mag'lub etish mumkin.

- Musobaqadagi raqiblar to'liq o'rganildimi? Afg'oniston bilan “CAFA CUP” turnirida juda qiyin o'yin o'tkazgan edik...

- Deyarli barchalarini yaxshi bilamiz. Hurmat qilgan holda maydonga chiqamiz. Hech kimga oson bo'lmaydi. Ko'zlagan maqsadimizga erishish va bizni qo'llab-quvvatlab turgan isonlarga chiroyli o'yin va g'alabani tortiq qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Baribir guruhda birinchi o'rin uchun kurash Saudiya Arabistoni bilan kechishi tabiiy...

- Albatta. Ikki yil oldingi mag'lubiyatni unutganimiz yo'q. Buning uchun ulardan revansh olish payti keldi deb o'ylayman. Yigitlarda ishtiyoq kuchli. Agarda, Osiyo chempionati vatanimizga berilmagan taqdirda ham o'z o'yinimiz bilan bunga loyiq ekanligimizni ko'rsatmoqchimiz. Turnir oldidan hammasi joyida. Muammolar yo'q.

- “Bunyodkor” o'yinidagi pasayishning sabablarini ayta olasizmi?

- Kechirasiz, bu boradagi savollarga aniq javob bera olmayman.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика