So’nggi yangiliklar

18:45Ўзбекистон футзал федерацияси ҳамкорликка чорлайди  0 18:168-8-8...   3 17:54Тотти: "Мен "Олтин тўп" ўрнига "Рома"ни танлаганман"  7 17:26Италия терма жамоаси афсонаси: "Рома" Довбикни узоқ ушлаб турмайди"  4 16:56"Сурхон"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси маълум  1 16:35Александр Исак "Ньюкасл"дан Англиянинг бошқа бир жамоасига ўтишига ишора қиляптими?  9 16:13"Атлетико"нинг ЕЧЛ доирасида "Сантьяго Бернабеу"га сафарлари статистикаси  8 15:51Футзал. Ўзбекистон кубоги. Иккинчи давра баҳслари Жиззах ва Андижонда ўтказилади  0 15:32"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини кузатмоқда  0 14:56"Арсенал" "Лилль" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 14:37Суперлига-2025. Жасур Ҳасанов, Суҳроб Султонов, Артём Филипосян, Александр Лобанов ҳеч қайси клуб қайдномасига кирмади   6 14:14"Атлетико" "Ливерпуль" етакчиларидан бирини ўз сафида кўрмоқчи  2 13:45Рафинья фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:26"Барселона" Гёкерешни қанчага сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  2 12:59Вальверде - "Реал"нинг ЕЧЛда "Атлетико"га қарши ўйин қайдномасига киритилди. Хавбек мушакларидаги ноқулайлик туфайли 2 та ўйинни ўтказиб юборганди  2

Jasur Jaloliddinov "Qayrat"ga moslashuvi, Qurbon Berdiev va yana bir necha savollarga javob qaytardi Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov "Qayrat"ga moslashuvi, Qurbon Berdiev va yana bir necha savollarga javob qaytardi

O'zbekiston terma jamoasi va "Qayrat" klubi futbolchisi Jasur Jaloliddinov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

U o'z intervyusi davomida yangi jamoaga moslashuvi, Qurbon Berdiev bilan ishlash va yangi mavsumda o'z oldiga qo'ygan maqsadi haqida gapirdi. 

- Salom Jasur! Sen yaqinda "Qayrat" azosiga aylanding. Jamoa seni qanday kutib oldi? Ko'nikishga kimlar yordam bermoqda? Sen jamoada ko'proq kim bilan muloqot qilasan? 

- Salom. Jamoa meni juda iliq kutib oldi, bundan judayam minnatdorman. Bunday tarzda iliq kutib olinishimni kutmagandim. Dastlabki kunlarda menga Erkebulan Seydaxmet yordam berdi, ammo hozirga kelib jamoaning barcha azolari bilan yaxshi munosabatlar o'rnatib oldim. 


- Qaysi jamoadoshing mashg'ulotlar vaqtida seni ko'proq hayron qoldirdi? 

- Kimnidir alohida ko'rsatish qiyin. Butun jamoa yuqori darajada ishlamoqda va yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'ryapti. Agar kimnidir alohida ko'rsatish kerak bo'lsa, Maki va Yacekni aytgan bo'lardim. 

- Qurbon Berdiev qo'l ostida ishlash qanday bo'lyapti? 

- Qurbon Bekievichdek murabbiy qo'l ostida ishlash men uchun sharaf. Faoliyati davomida bunday mutaxassis bilan ishlash har qanday futbolchiga ham nasib qilavermaydi. Klubga kelgan kunimdan boshlab har kuni o'zim uchun nimalarnidir kashf qilmoqdaman. Oldinda turgan mavsum men uchun juda foydali bo'ladi. 


- "Qayrat" oldida doimo bitta vazifa turadi - har doim g'alaba qozonish. Ushbu mavsumda o'z oldinga qandaydir individual maqsadlar qo'ydingmi? 

- "Qayrat" darajasidagi jamoa doimo o'z oldiga qanday vazifalarni qo'yishini har doim bilganman. Men oldimga individual maqsadlar qo'ymayman. Jamoaning maqsadlari - mening individual maqsadlarimdir!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика