Jasur Jaloliddinov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'iniga chaqirildi
28 avg 2019 08:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/514859_original.jpg)
![](/upload/storage/514859_220.jpg)
Jasur Jaloliddinov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'iniga chaqirildi
Bilasiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ertadan boshlab poytaxtimizda yig'inga kirishadi.
Mazkur yig'inga “Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Oleg Zoteev ham chaqirilgan edi. Biroq futbolchida bosh va orqa miya qobig'ining shamollashi (meningit) kuzatildi. SHu sabab Zoteev bu galgi yig'inda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.
Uning o'rnini O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi SHarof Muxitdinov egallaydigan bo'ldi.
O'z navbatida olimpiya terma jamoasi yig'inida esa Muxitdinov o'rniga Jasur Jaloliddinov ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar