So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  7 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo'llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo'lishimizga qaramay, natija ko'rsatishimiz kerak" Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo'llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo'lishimizga qaramay, natija ko'rsatishimiz kerak"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov OTJning bugungi mashg'ulotlarida saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi o'z yurishini boshladi va dastlabki raqibni mag'lub etdi. Kechagi bo'lib o'tgan bahs haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi o'yinni g'alaba bilan boshladik, lekin biroz qiyin bo'ldi. Uch ochkoni qo'lga kiritdik, endi esa yurishimizni davom ettiramiz keyingi raqibga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- Guruhimizdagi raqiblar Vetnam va Quvayt terma jamoalari haqida nimalar deya olasiz? Pley-offning dastlabki bosqichida esa katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoni va Iroq kabi kuchli terma jamoalarga to'qnash kelishimiz mumkin?

- Guruhimizdagi barcha jamoalarning o'yinini tahlil qilib o'rganib chiqdik. Raqiblarimizni kuchsiz jamoalar deb hisoblamayman. Osiyo kubogida  kuchsiz jamoalar yo'q.

- Musobaqaning favoritlari kim deb o'ylaysiz? Qaysi terma jamoa O'zbekistonga muammo to'g'dirishi mumkin?

- Favorit va kuchli jamoa degan tushunchalar faqat gapda, amalda esa umuman boshqacha bo'lishi mumkin. Kattalar o'rtasidagi Osiyo Kubogida bunga guvoh bo'ldik. Favorit deya ko'rilgan top jamoalar chempion bo'la olmadi. 

-SHu sababli barcha savollarga maydonda javob berish va hammasini maydonda isbotlash kerak.

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichida har uch kunda o'yin o'tkazadi. Zich taqvim jismoniy holatga qanchalik tasir qilishi mumkin?

- Bundan oldingi Osiyo kubogi va Osiyo o'yinlarida ham bunday taqvimda o'ynadik. Bunday sharoitlarga tayyormiz deb o'ylayman. Olimpiyada yo'llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo'lishimizga qaramay natija ko'rsatishimiz kerak.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика