Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ning tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tdi
27 iyu 2020 20:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583482_original.jpg)
![](/upload/storage/583482_220.jpg)
Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ning tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tdi
Kuni kecha Toshkentdan Moskvaga uchib ketgan "Bunyodkor" futbolchisi "Lokomotiv" tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tdi. SHu bilan birga yarim himoyachi Covid-19ga ham test topshirgan va barchasi alo chiqqan.
Ayni paytda Moskva klubining bazasida bo'lib turgan Jasurning keyingi faoliyati "Lokomotiv" bilan bog'lanadimi yoki ijara asosida boshqa klubga o'tadi nomalum. Bizga malum qilishlaricha, rus "temiryo'lchilari" "qaldirg'ochlarga" 350 000 AQSH dollari miqdorida transfer pulini to'lab beradi. Bu "Bunyodkor"ning so'nggi 3 yildagi rekordi, unga qadar SHomurodov "Rostov"ga bor yo'g'i 100 000 evro evaziga transfer qilingan edi.
Agar "Lokomotiv" Jaloliddinovni chempionat uchun ro'yxatdan o'tkazsa, u debyut o'yinini 7 avgust kuni Rossiya Superkubogi uchun bo'lib o'tadigan "Zenit" - "Lokomotiv" uchrashuvida o'tkazishi mumkin.
SHu kunlarda transfer detallari bo'yicha yakuniy to'xtamga kelinadi va bu haqda yana xabar beramiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar