So’nggi yangiliklar

21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  2 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  20 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  10 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 5:4  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  370 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24

Jasur Jaloliddinov ikkita, Boburbek Yuldashov esa uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. "Surxon"ning ispaniyalik futbolchisi jarimaga tortildi - Tartib-intizom qo'mitasi Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov ikkita, Boburbek Yuldashov esa uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi. "Surxon"ning ispaniyalik futbolchisi jarimaga tortildi - Tartib-intizom qo'mitasi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Coca-Cola Superligasi

“Surxon” — “Paxtakor”

O'zbekiston Superligasining 21-turidan o'rin olgan “Surxon” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi bahsda mehmonlar futbolchisi Luiz Migel zaxiraga olinganidan so'ng to'p beruvchi bolalardan to'pni olib qo'yib, vaqt cho'zishga harakat qildi. Bu ishi orqali ommaviy tartibsizlik kelib chiqishiga sabab bo'ldi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Luiz Migelga (“Surxon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Nasaf” — “So'g'diyona”

O'zbekiston Superligasining 21-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv — “Nasaf” va “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi bahsning 90+2 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Luka CHermel sariq kartochka bilan ogohlantirilganidan so'ng unga tibbiy yordam ko'rsatish uchun maydonga chiqqan jamoa shifokorining tibbiy sumkasini tepib yuborgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Luka CHermelga (“So'g'diyona”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qo'qon-1912” — “Lokomotiv”

O'zbekiston Superligasining 21-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” — “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi bahsning 68-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Jasurbek Jaloliddinov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jasurbek Jaloliddinovga (“Lokomotiv”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo” — “Metallurg”

O'zbekiston Superligasining 22-turidan o'rin olgan “Dinamo” va “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi bahsning 90+3 daqiqasida mehmonlar vakili Akmal Ortiqov birinchi yordamchi hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Akmal Ortiqovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Nasaf”

O'zbekiston Superligasining 22-turidan o'rin olgan “Qizilqum” — “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi bahsning 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Boburbek Yuldashov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Boburbek Yuldashovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo” — “Metallurg”

O'zbekiston Superligasining 22-turidan o'rin olgan “Dinamo” — “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi bahsning 90+3-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Erkin Baydullaev raqibiga qarata ataylab to'pni tepib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Erkin Baydullaevga (“Dinamo”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Pro liga

“SHo'rtan” — “Yangier quruvchi”

Pro liganing 20-turidan o'rin olgan “SHo'rtan” — “Yangier quruvchi” jamoalari o'rtasidagi bahsning 52-daqiqasida “Yangier quruvchi” futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdurahmon Abdulhaqovga (“Yangier quruvchi”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Yangier quruvchi” — “Zomin bo'rilari”

Pro liganing 21-turidan o'rin olgan “Yangier quruvchi” — “Zomin bo'rilari” jamoalari o'rtasidagi bahsning 24-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Eldor Karimov boshi bilan raqib o'yinchisining bel qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Eldor Karimovga (“Zomin bo'rilari”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Xorazm” — “Andijon”

Pro liganing 22-turidan o'rin olgan “Xorazm” — “Andijon” jamoalari o'rtasidagi bahsning 90-daqiqasida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Viktor Kumikovga (“Andijon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro” — “Xorazm”

Pro liganing 23-turidan o'rin olgan “Buxoro” — “Xorazm” jamoalari o'rtasidagi bahsning 13-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Mirjalol Jumaev oyog'ining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirjalol Jumaevga (“Buxoro”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


 Birinchi liga

“Do'stlik Toshkent” — “Do'stlik Oltiariq”

Birinchi liga 22-turidan o'rin olgan “Do'stlik Toshkent” — “Do'stlik Oltiariq” uchrashuvining 61-daqiqasida mehmonlar futbolchisi G'iyosjon Tursunov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. SHuningdek, 90+1 daqiqada “Do'stlik Oltiariq”ning yana bir futbolchisi Iqboljon Boboxonov ham bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va tajovuzkor xatti-harakatlar qilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Do'stlik Oltiariq” klubi futbolchilari G'iyosjon Tursunovga nisbatan 3 ta o'yinga, Iqboljon Boboxonovga nisbatan esa 5 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Yunired” — “Qizilqum farm”

Birinchi liganing 23-turidan o'rin olgan “Yunired” — “Qizilqum farm” uchrashuvining 90+3-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Murodjon SHamsiddinov raqib futbolchisining qorin qismiga tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Murodjon SHamsiddinovga (“Yunired”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


 

U-21 chempionati

“Lokomotiv” — “Olimpik”

U-21 chempionatining 22-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” — “Olimpik” bahsining 90+3-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Otabek Turobov raqib futbolchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Otabek Turobovga (“Lokomotiv”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” — “Navbahor lochinlari”

U-21 chempionatining 22-turidan o'rin olgan “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” bahsining 82-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Mashhurjon Muhammadjonov bosh qismi bilan raqib futbolchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mashhurjon Muhammadjonovga (“Neftchi”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Nasaf”

U-21 chempionatining 22-turidan o'rin olgan “Qizilqum” — “Nasaf”

bahsining 90+1-daqiqasida mehmonlar futbolchisi SHerali Rasulov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHerali Rasulovga (“Nasaf”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


 

U-19 chempionati

“Surxon” — “Qo'qon-1912”

U-19 chempionatining 22-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo'qon-1912” bahsining 65-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Asilbek Jumaev yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asilbek Jumaevga (“Surxon”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

“Mashal” — “Yangier quruvchi”

U-19 chempionatining 21-turi doirasidagi “Mashal” — “Yangier quruvchi” bahsining 36-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Asliddin Smoilov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqibiga zarba bergan hamda maydondan chetlashtirilgan. Uchrashuv yakunlanganidan keyin “Mashal” futbolchisi Dilshod Dadajonov raqibi Asilbek Umirzoqov shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan. Bosh hakam bu vaziyatda unga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatgan. SHuningdek, mazkur holatda Asilbek Umirzoqov maydonga tushib raqib futbolchisi Dilshod Dadajonovning ko'krak qismiga qo'li bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Yangier quruvchi” vakillari Asliddin Smoilovga nisbatan 3 ta, Asilbek Umirzoqovga nisbatan esa 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi. SHuningdek, “Mashal” vakili Dilshod Dadajonov ham 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.


 

Ayollar futboli. Oliy liga

“Metallurg-W” — “Qizilqum-W”

O'zbekiston ayollar Oliy ligasining 19-turidan o'rin olgan “Metallurg-W” — “Qizilqum-W” uchrashuvining 88-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Durdona Alieva uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqibini tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Durdona Alievaga (“Metallurg-W”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

 O'zbekiston kubogi

“So'g'diyona-W” — “Sevinch”

O'zbekiston kubogining 1/2 finali doirasidagi “So'g'diyona-W” — “Sevinch” uchrashuvining 37-daqiqasida ikkala jamoa bosh murabbiyi SHerali Boboqulov va Kozim Valiev o'zlarini tajovuzkor tutgan holda bir-birining shaniga haqoratli so'zlar ishlatishgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHerali Boboqulov (“So'g'diyona-W”) va Kozim Valievning (“Sevinch”) har ikkisiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика