So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  4 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  4 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  33 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

Jasur Hasanov va Zohir Pirimov AGMK bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Jasur Hasanov va Zohir Pirimov AGMK bilan shartnoma tuzdi

Bugun AGMK o'z tarkibini bir qator tajribali futbolchilar bilan to'ldirdi.

Davralar oralig'ida yuzaga kelgan transfer oynasidan jamoa ham unumli foydalanishga harakat qilmoqda. Jamoa rahbariyati bugun bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi. Mavsumni Qarshining "Nasaf" jamoasida o'tkazgan taniqli yarim himoyachi Jasur Hasanov AGMK azosiga aylandi.

SHuningdek, olmaliqlik muxlislarga qadrli bo'lgan, AGMK sharafini elitada eng ko'p o'yinda himoya etgan Zohir Pirimov ham faoliyatini yana jonajon jamoasida davom ettiradi. Pirimov bu yilgi mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida boshlagandi.

Jamoa tarkibiga yana ikki futbolchi Alisher Samatov va Azamat Isroilov ham taklif etilgan. Tomonlar o'rtasida kelishuv amalga oshsa ular ham AGMK sharafini himoya etishlari mumkin. Samatov Farg'onaning "Neftchi" jamoasida to'p surib kelayotgandi. Isroilov esa Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi azosi edi. Azamat ham Zohir kabi bundan bir necha yil avval jamoa azosi bo'lgan.

Jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari transferlar oynasi yopilgunga qadar davom ettiriladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика