So’nggi yangiliklar

08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  0 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  3 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  0 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  5 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  11 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  14 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  36 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0

Jasur Hasanov mutlaq rekordchi Yangiliklar

Jasur Hasanov mutlaq rekordchi

Ichki chempionatimizdagi yangi 2019 yilgi futbol mavsumini ochib beradigan O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda mamlakat chempioni "Lokomotiv" va O'zbekiston Kubogi sohibi AGMK jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

Qayd etish kerakki, AGMK safida o'ynayotgan tajribali Jasur Hasanov uchun bu galgi Superkubok uchinchi bahsga aylanadi.

Bunga qadar Jasur Hasanov 2014 yili "Bunyodkor" bilan aynan bugungi raqibi bo'ladigan "Lokomotiv" ustidan zafar quchgan. Keyingi yili esa "Loko" tarkibida "Paxtakor" tor-mor etilgandi.

Bu safar esa Hasanov AGMK bilan yana sobiq klubi "Lokomotiv"ga raqiblik qiladi. Qizig'i, 2014 yilgi Superkubokda Jasur Hasanov "qaldirg'ochlar" bilan aynan Mirjalol Qosimov qo'l ostida "Loko"ni mag'lub etishni uddalagandi. Bugun ham Qosimov boshqaruvida o'ynayotgan Hasanov ushbu ishni takrorlashga urinib ko'radi.

Mirjalol Qosimov uchun bu galgi Superkubok murabbiy sifatida ikkinchi o'yinga aylanadi. Bunga qadar Qosimov "qaldirg'ochlar" bilan "Lokomotiv"ni taslim etgandi. Bugun esa AGMK rulida yana "temiryo'lchilar" qarshisidan chiqmoqda. Agarda bugun AGMK g'alabani tantana qiladigan bo'lsa, unda Qosimov Superkubokda eng ko'p g'alaba qozongan murabbiyga aylanadi va bu borada mutlaq rekordchiga aylanishi mumkin.


Jasur Hasanov Superkubokda eng ko'p o'yin o'tkazgan va eng ko'p g'olib chiqqan futbolchi bo'lib turibdi. Bugun esa futbolchi ushbu ko'rsatkichni yanada mustahkamlab qo'yish imkoniyatiga ega.

Qizig'i, Hasanov hozircha Superkubok bellashuvlarida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. SHuningdek, Hasanov O'zbekiston Superkubogini ikkita jamoa bilan birgalikda qo'lga kiritgan yagona futbolchi bo'lib turibdi. Agarda bugun AGMK g'alaba qozonadigan bo'lsa, unda Hasanov superkubokni uchta jamoa safida qo'lga kiritgan futbolchiga aylanadi.

Jasur Hasanov O'zbekiston Superkubogida eng ko'p o'yin o'tkazgan va eng ko'p g'alaba qozongan futbolchi hisoblanadi. Bugun esa ushbu ko'rsatkichlarni yanada oshirib olish imkoniyatiga ega.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" va AGMK o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi bugun "Paxtakor" stadionida soat 16:00da start oladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика