So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  0 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Jasur Hasanov: "Mavsumni kuchlilar safida yakunlashni xohlaymiz" Yangiliklar

Jasur Hasanov: "Mavsumni kuchlilar safida yakunlashni xohlaymiz"

Superligada jahon chempionati munosabati bilan berilgan tatil ham poyoniga etib qoldi.

Barcha jamoalar singari Bekobodning "Metallurg" klubida ham hal qiluvchi o'yinlarga tayyorgarlik jarayoni jiddiy olib borilyapti.

Bekobodliklar etakchilaridan biri Jasur Hasanov PFL rasmiy saytiga yangi mavsum, jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar to'g'risida gapirib berdi.

- Jasur, mashg'ulotlarni kuzata turib, sizning umumiy guruhdan ajralgan holda alohida shug'ullanganingizga shohid bo'ldik. Jarohatdan to'liq qutilmadingizmi? Tiklanish jarayoni qanday kechayapti?
- To'g'ri qayd etdingiz, hozircha jismoniy tayyorgarligimni ushlab turish uchun individual tarzda shug'ullanayapman. Xabaringiz bor, birinchi davraning "Qizilqum"ga qarshi kechgan safar uchrashuvi paytida oyoq paylarimni cho'zib olgandim. Qisqa davolanishdan keyin o'zimga kelgandek bo'ldim. Murabbiylarimiz shoshilmaslikni, yaxshilab sog'ayib olishimni aytishdi. Ammo hal qiluvchi o'yinlar ketayotgan bir paytda tezroq jamoadoshlarimga yordamga oshiqdim, o'zimni o'yinlarga yuz foiz tayyordek his etdim. "Lokomotiv" hamda "Nasaf"ga qarshi uchrashuvlarga zahiradan maydonga tushirishlarini so'radim. Afsuski, jarohatdan to'liq qutilmaganligim malum bo'ldi. Mana endi yana o'sha jarohat asoratlarini bartaraf etish bilan mashg'ulman.

- Safga qachon qaytasiz?
- Bir narsa deyolmayman. Murabbiy va shifokorimizning takidlashicha men yana ikki uch tur jamoadoshlarimga yordam bera olmayman.

- Tatil qanday kechdi? CHempionatni sog'inib qolgandirsizlar?
- Albatta. Bu yil chempionatimiz juda qiziqarli kechayapti. Xuddi Evropaning kuchli chempionatlaridagi singari hech bir uchrashuvda natijani oldindan bashorat qilib bo'lmayapti. Tomoshabinlarning tashrifi oshganini aytmaysizmi. Bunday chempionatni sog'inmay bo'larkanmi? Hatto jahon chempionati ketayotgan bir paytda ham xayolimiz o'zimizning chempionatimizda. Mavsum tezroq davom ettirilsa-yu, yana ishqibozlarimiz qarshisida chiroyli o'yinlarimiz bilan ularni xursand etishga kirishsak, deymiz. Superliga o'zimizga ham juda manzur bo'lyapti. Har bitta uchrashuv bayramona tarzda tashkillashtirilmoqda. Etibor bering, mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga qanday katta etibor berilmoqda. Birgina Bekobod shahri misolida olib qaraydigan bo'lsak, qisqa fursat ichida "Markaziy" stadionimiz tanib bo'lmaydigan darajada o'zgardi. Yangicha qiyofa kasb etdi. Jamoada futbolchilarga barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bunday etiborga faqatgina munosib o'yinlar bilan javob berish kerak, deb o'ylayman.

- "Metallurg" ayni paytda oltinchi o'rinda borayapti. Jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani qanchalik uddalayapti?
- Mavsum arafasida jamoamiz tarkibi deyarli yangilandi. Yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Birinchi mavsumning o'zidayoq bunday o'zgarishlar bilan katta vazifalarni bajarish qiyin bo'lardi. Biroq murabbiylarimiz tanlagan yo'l, olib borayotgan siyosat to'g'riligi natijalarimizda aksini topayapti deb o'ylayman. Yuqorida aytib o'tganimdek, bu yil oson o'yinlarning o'zi yo'q. O'z navbatida barcha jamoalar yuksak maqsadlar sari harakatlanishayapti. Bizning jamoamiz oldiga ham kuchli oltitalikka kirish vazifasi qo'yilgan. Hozircha oltinchi o'rinda borayapmizmi, demak vazifa sari og'ishmay harakatlanayapmiz. Eng asosiysi, ahil, uyushqoq, hamfikr yigitlardan iborat jamoaga egamiz. Bunday kollektiv bilan esa bemalol har qanday vazifani bajarsa bo'ladi.

- Ikkinchi davrada qolgan uchrashuvlarning katta qismi safar o'yinlari, bu sizlarni cho'chitmayaptimi?
- Aslo. Safarda mezbon jamoani to'liq qo'llab-quvvatlayotgan muxlislar qarshisida to'p surish oson emas. Biroq biz "Lokomotiv", "Nasaf" singari kuchli jamoalar muxlislari qarshisida o'ynadik. Ochkoli bo'ldik. Demak, maqsad sari intilinsa, ishtiyoq katta bo'lsa har qanday qiyin vazifani bajarsa bo'ladi.

"Metallurg" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика