So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  3 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  6 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

Jasur Hakimov: "Katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik" Yangiliklar

Jasur Hakimov: "Katta ishtiyoq evaziga g'alaba qozondik"

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Jasur Hakimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agar bahsni ko'rgan bo'lsangizlar, o'yin har ikki jamoa uchun juda qiyin bo'ldi. Biz ham, "Navbahor" ham g'alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Bizga ko'proq g'alaba kerak edi. CHunki turnir jadvalida "Bunyodkor"ga mos bo'lmagan o'rinda edik. SHuni inobatga olgan holda yigitlar maydonda borini berib o'ynadik. Katta ishtiyoq va g'alabaga bo'lgan ishonch sabab muvaffaqiyat qozondik".

- Penaltini amalga oshirish vaqtida sizda hayojon bo'ldimi?

- Ha, albatta biroz hayojon bo'ldi. CHunki o'yin yakunlari va masuliyatli vazifani ado etish vaqtida bo'lib turdi. Lekin bunday holatlardan qanday foydalanishni bildardim. SHu bois penaltini sovuqqonlik bilan amalga oshirdim.

- Bahs davomida "Bunyodkor" asosan qarshi hujumda o'ynadi...

- Biz birinchi gol urganimizdan keyin himoyaga etibor qaratdik. Natijada, "Navbahor" ko'proq hujum tashkil qildi. Birinchi bo'lim o'zida uchta futbolchi almashtirdi. Bu orqali yanada ko'proq hujumlar tashkil etishdi. Biz esa asosan pressing qilib, to'pni raqibdan olib qo'yishga intildik. Bazida bu amalga oshdi, bazida esa yo'q. Yigitlar jiddiy qarshilik ko'rsatishga intildik.

- Avvalgi muvaffaqiyatsizliklaga nima sabab bo'ldi?

- Men futbolchiman, muvaffaqiyatsizliklarda futbolchilar ko'p aybdor degan bo'lardim. Xatolar qildik va shuning evaziga mag'lubiyatga uchradik. Boshqa jihatni sabab qilib ko'rsata olmayman.

- Ivan Boshkovich bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin jamoa o'yini o'zgardimi?

- Ha, albatta. Boshkovich juda talabchan murabbiy deb hisoblayman. Ikki o'yinda 4 ochko qo'lga kiritdik. Yaxshi mutaxassis va u bilan yanada ijobiy natijalar ko'rsata olamiz.

- Superligada qaysi jamoa chempion bo'lishi mumkin?

- Bu yilgi mavsum juda qiziqarli kechmoqda. Turnir jadvaliga ham etibor bersangiz, kurash avjiga chiqmoqda. Oldindan shuni chempion bo'ladi deyish qiyin. Menimcha,  "Paxtakor" chempion bo'lsa kerak.

- Mavsum yakuniga qadar yana nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Oldinda turgan bellashuvlarda gol urib, jamoamizga yordam berishni maqsad qilganman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика