So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Jasur Abduraimov: "Xitoydagi musobaqa biz uchun ancha foydali bo'ldi" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Xitoydagi musobaqa biz uchun ancha foydali bo'ldi"

O'zbekiston yoshlar U-19 terma jamoasi o'tgan hafta Xitoy mamlakatida o'tkazilgan musobaqada qatnashib qaytdi.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi yoshlarimiz to'rtta jamoa qatnashgan musobaqada chempion bo'lgani haqida xabar bergandik. Biz Toshkentdagi o'tayotgan "Ertangi kun sporti" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston U16 - Turkmaniston U16 o'yinini kuzatgan Jasur Abduraimovning Xitoydagi musobaqa taassurotlari bilan qiziqdik.

"Xitoydagi xalqaro musobaqa avvalo Bahrayndagi U19 Osiyo chempionati tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. U erda biz Xorvatiya, Xitoy va Filippin kabi jamoalariga qarshi o'ynadik.

Birinchi turda Xorvatiya bilan kuch sinashdi. Evropa jamoasi ancha tezkor, yaxshi tashkil etilganini ko'rdik. Bu o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Keyin mezbon Xitoy bilan o'ynadik. SHaxsan men uchun Xitoy Osiyo qitasining eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. 3:1 hisobida yutgan bo'lsak ham o'yin oson o'tgani yo'q. So'nggi turni Filippinga qarshi o'tkazdik. Aytish mumkinmi bu bahsda biz raqibdan barcha jabhada ustun bo'ldik va 9:0 hisobida g'alabaga erishdik

Aytganimdek bu Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida foydali musobaqa bo'ldi. Himoyadan hujumga o'tish va hujumda 3-zonada o'ynash kabi ikkita taktikani sinovdan o'tkazib oldik. To'g'ri yo'ldan ketayapmiz. Qita chempionatiga qadar vaqt bor, 3-4ta joyni kuchaytirishimiz kerak. Keyingi rejalarga kelsak mart oyida Toshkentda yig'in o'tkazamiz. Menimcha bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazsak kerak", - deydi Jasur Abduraimov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. 

Narzulla Saydullaev


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика