Jasur Abduraimov: "Paxtakor" oson guruhga tushmadi"
23 iyu 2020 21:30
Yangiliklar
Jasur Abduraimov: "Paxtakor" oson guruhga tushmadi"
Qura haqidagi fikrlarni bilish maqsadida "Paxtakor" jamoasida SHota Arveladzega yaqindan ko'maklashib kelayotgan Jasur Abduraimovga yuzlandik.
"Guruhimizda yomon va kuchsiz raqiblar yo'q. "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912"ni qanday kuchga egaligini barcha yaxshi biladi. SHuningdek, "Oq-tepa" ham Pro ligada yomon ishtirok etmayapti. Bu jamoani ham yaxshi bilamiz. "Paxtakor" oson guruhga tushgani yo'q. Hamma o'yinlar o'ziga yarasha qiyin kechadi. O'zingiz yaxshi bilasiz qo'qonliklar bizga oxirgi yillarda juda yaxshi va munosib qarshilik ko'rsatishmoqda. Ular bilan doim qiyinalmoqdamiz. O'tgan mavsumda Liga kubogida ham, Superligada ham bizga etarlicha muammo tug'dira olishdi. Raqibimiz oxirigacha kurashadigan jamoalar sirasiga kiradi.
"Bunyodkor" ham yaxshi shakllangan yosh jamoa. Menga ularning haqiqiy futbol o'ynashi yoqadi. "Oq-tepa" haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Tarkibida bir qator yosh va tajribali futbolchilar bor. O'z o'yinlari orqali muxlislarga yoqadigan futbol ko'rsatishga harakat qilishmoqda. Bizga qarshi maydonga chiqadigan uchta jamoa ham yaxshi o'yin namoyish etyapti", - deydi Jasur Abduraimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar