Jasur Abduraimov OFK konferenciyasida
13 okt 2015 08:38
Yangiliklar
Jasur Abduraimov OFK konferenciyasida
O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov kecha Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boshlangan Osiyoning yoshlar futboliga bag'ishlangan birinchi konferenciyasida ishtirok etyapti.
Ushbu tadbir Osiyo Futbol konfederaciyasi tomonidan ilk marotaba tashkil etilmoqda. Kechagi dasturda Abduraimov, xitoylik Li Ming hamda avstraliyalik Ante Jurichlar Osiyoda yoshlar futboli mavzusida nutq so'zlashdi. Konferenciya 14 oktyabrga qadar davom etadi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o'tkazilgan saralash bahslarida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatining final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Jasur Abduraimov shogirdlari guruhdagi barcha raqiblarni mag'lub etib, birinchi o'rinni egallashgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar