So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  0 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   4 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  17 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  24 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  4 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   37 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  70 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

Jasur Abduraimov: "Hozirgi Avstraliya kuchli emas. Futbolchilari robotga o'xshaydi" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Hozirgi Avstraliya kuchli emas. Futbolchilari robotga o'xshaydi"

Bugun barchamizning diqqat etiborimiz O'zbekiston va Avstraliya olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi bahsga qaratilgan.

Uchrashuv darajasi nihoyatda yuqori. G'olib shu yili Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma oladi. Muhim o'yin oldidan yoshlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis, o'z vaqtida yoshlar terma jamoasi bilan Avstraliya olimpiya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratgan Jasur Abduraimov raqib va futbolchilarimiz haqida fikr bildirdi.

"2016 yil Bahraynda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ulardan ustun kelganmiz. Nazarimda o'sha paytdagi Avstraliya hozirgisidan kuchliroq edi. Mutaxassislar ham buni bir necha marotaba takidlashgan. Bugungi raqibimiz jismonan baquvvat, lekin bemalol o'ynasa bo'ladi. Mag'lubiyatga uchratish mumkin. Bizda individual futbolchilar ko'p, ular o'zlarini ko'rsatishlari shart. SHu vaqtgacha to'rtta penalti ishladik.

Raqibda tashkilotchilik yaxshi, biroq futbolchilari robotga o'xshaydi. Texnika va individual unchalik kuchli emas. Jamoa o'yinni qo'rqmasdan o'z qo'liga olishi kerak. Raqib jarima maydonchasi ichida hujumlarni tugallashda aniq harakat qilinsa g'alaba bizniki. Fikrimcha, tarkibda rotaciya qilish lozim, ayniqsa bunday bahslarda",- dedi olimpiya va yoshlar terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Jasur Abduraimov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика