So’nggi yangiliklar

21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  4 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  1 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19

Jasur Abduraimov: "Bizga legionerlar kerak emas. Men hakam emasman!" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Bizga legionerlar kerak emas. Men hakam emasman!"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o'z fikrlarini bildirdi.





- "Metallurg" klubi o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan. Akademiyaga katta etibor berish orqali kelajakka intilmoqda. Bugun albatta, g'alaba qozonishimiz kerak edi. Muxlislar xafa bo'lmay turishsin. Ispaniyadan yaxshi mutaxassislar kelib, akademiyamizni kuchaytirishadi. 

"So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular darvozamiz tomon nechta zarba berishdi? 3 tami, 4 tami? 2 ta gol urdi. Bu – futbol", – deydi Jasur Abduraimov.

- Oxirgi yillarda Superligadagi klublar akademiyaga etibor qaratishni boshlashdi. O'zbek klublari 80-90 foiz mahalliy futbolchilardan iborat bo'lishi uchun necha yil kerak bo'ladi? 

- O'zbek klublarini bilmayman, ammo "Metallurg"ga 3-4 yil kerak. Biz hozir ham faqat mahalliy futbolchilar bilan o'ynayapmiz. Bizga legioner kerak emas. O'zimizning futbolchilarni ko'tarishimiz kerak. Nasib qilsa, 5 oktyabr kuni akademiyamiz ochiladi. 

- "Metallurg" darvozasiga urilgan ikkinchi golda hakamlar offsaydni ko'rmay qolishdi. Klub shikoyat yozadimi? 

- Bu savolga javob bera olmayman. Bir marta hakamlar haqida gapirgandim, keyin jarima to'ladim. Men murabbiyman. Bir narsadan xayronman: Har doim yoki murabbiy, yoki futbolchi aybdor bo'ladi. Hamma xato qiladi, to'g'ri, lekin "Metallurg" klubining o'ziga qarshi 6-7 marta xato kuzatilmoqda. Bu kimgadir kerakmi yoki kerakmasmi, bu narsalarga aralashmayman. Men yosh futbolchilarni ko'taraman, akademiyani kuchaytiramiz va "Metallurg"ga yordam beraman. Hakam xato qildimi yoki qilmadimi, tushunmayman va bilmayman. Men hakam emasman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика