So’nggi yangiliklar

19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  0 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  4 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0

Jasur Abduraimov: "Birinchi taymda "Andijon"ga yutqazdik, Lobanovga rahmat aytaman" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Birinchi taymda "Andijon"ga yutqazdik, Lobanovga rahmat aytaman"

"Metallurg" - "Andijon" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o'z fikrlarini bildirdi.

"To'g'risini aytaman, birinchi taym o'yin bo'yicha "Andijon"ga yutqazdik. Maydon markazini boy berdik. Raqibda 2ta yuz foizli vaziyat bo'ldi, Lobanovga rahmat aytaman, bizni qutqardi. Ikkinchi taymda esa o'z kuchimizni ko'rsatdik", - deb gap boshladi Abduraimov.  

- Makeev va Narzullaev kabi futbolchilar maydonga tushishmadi. Buning sababi nimada?
- Makeevga kelsak oldingi matbuot anjumanida ham aytganman, legioner bo'lsa mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lishi kerak deb. Agar saviyasi teng bo'lsa men o'zbekistonlik futbolchilarga imkoniyat beraman. Narzullaev esa hozircha harakat qilmoqda, meni o'ylashimcha G'ofurbekov undan ko'ra ko'proq kreativroq o'yin ko'rsatmoda. SHu bois bugun G'ofurbekovni maydonga tushirdim.

- U-21 jamoasidan asosiy jamoaga qaysi futbolchilarni olgan bo'lardingiz?
- Hozircha bu jamoadan 4-5 nafar futbolchi biz bilan mashg'ulot o'tkazishmoqda. Ammo ular hozircha bunday hujumkor o'yinga tayyor emas, ularda jismoniy holat emas fikrlash bo'yicha tayyor emas. Agar yosh futbolchi o'yinga tayyor bo'lsa maydonga tushiraman, agar 37 yoshli futbolchi tayyor bo'lsa 37 yoshni tushiraman. Menga futbolchilar kerak. Zamonaviy futbolda birinchi o'rinda "kalla" bo'lishi kerak.

- Odilbek Abdumajidovning o'yini haqida nima deya olasiz?
- U hozir 20 yoshda. Aqlli futbolchi, to'g'ri bugun qizil kartochka oldi. Ammo o'z yoshi uchun yaxshi harakat qildi deya olaman. O'ylashimcha 2-3 yildan keyin terma jamoada o'ynaydi. Faqat harakat qilishdan to'xtamasligi, mehnatdan qochmasligi shart.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика