Jasur Abdullaev: "Muxlislarga uzoq kutilgan g'alabani taqdim etmoqchimiz"
10 okt 2018 13:32
Yangiliklar
Jasur Abdullaev: "Muxlislarga uzoq kutilgan g'alabani taqdim etmoqchimiz"
Pro-Liga 29-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "G'ijduvon" uchrashuvi oldidan yozyovonliklar darvozaboni Jasur Abdullaev championat.asia saytiga intervyu berdi.
Jamoamiz azolari bilan mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilmoqdamiz. Nasib etsa 12 oktyabr, juma kuni "G'ijduvon" jamoasi bilan uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizga uzoq kutilgan g'alabani tuhfa etmoqchimiz.
Ayni damda turnir jadvalida 5-o'ringa tushib ketdik. Ketma-ket uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchraganimiz tufayli muxlislar bizdan bir oz ranjib qolishgan. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Qolgan uchrashuvlarga yanada jiddiy yondashib, g'alabalarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
Fikrlar