"Jassim Bin Hamad" terma jamoamiz uchun omadli o'yingohmi?
14 noy 19:41
Yangiliklar
"Jassim Bin Hamad" terma jamoamiz uchun omadli o'yingohmi?
Uchrashuv mahalliy vaqt bo'yicha soat 19:15da Dohadagi "Jassim Bin Hamad" stadionida o'tkaziladi.
Xo'sh, "Jassim Bin Hamad" stadioni terma jamoamiz uchun qanchalik omadli? Ushbu stadionda o'tkazilgan avvalgi bahslarda terma jamoamiz qanday natija qayd etgan?
"Jassim Bin Hamad" stadioni 1975 yilda barpo etilgan va bugungi kunga "Qatar Yulduzlar ligasi"ning uchrashuvlarini qabul qilib keladi. Stadion Qatarning "Al Sadd" jamoasiga tegishli. Stadion o'z tarixida ikki marotaba aniqrog'i 2004 va 2010 yillarda rekonstrukciya qilingan.
O'zbekiston milliy terma jamoasi shu kunga qadar "Jassim Bin Hamad" stadionida 6ta rasmiy o'yin o'tkazgan.
01.03.2006. Osiyo Kubogi-2007 saralash bosqichi. "Jassim Bin Hamad" stadioni.
Qatar - O'zbekiston 2:1
Gollar: Odil Lami, Ali Solih Nasser - Muhammad Rajab (avtogol).
06.09.2008. JCH-2010 saralash bosqichi. "Jassim Bin Hamad" stadioni.
Qatar - O'zbekiston 3:0
Gollar: Siddiq Majdi, Muhammad Hasan, Talal Al Blushi.
28.01.2011 Osiyo Kubogi-2011. "Jassim Bin Hamad" stadioni.
O'zbekiston - Janubiy Koreya 2:3
Gollar: Gu CHja CHxol, CHji Don Von(dubl) - Aleksandr Geynrix(dubl)
16.10.2012. JCH-2014 4-saralash bosqichi. "Jassim Bin Hamad" stadioni.
Qatar - O'zbekiston 0:1
Gol: Sanjar Tursunov.
06.09.2016. JCH-2018 saralash bosqichi. "Jassim Bin Hamad" stadioni.
Qatar - O'zbekiston 0:1
Gol: Egor Krimec.
13.01.2024. Osiyo Kubogi-2023. "Jassim Bin Hamad" stadioni.
O'zbekiston - Suriya 0:0
Fikrlar