"Jarohatlanganlar yo'qligi quvonarli" - Qirg'iz Respublikasi ustozi
17 mar 13:51
Yangiliklar


"Jarohatlanganlar yo'qligi quvonarli" - Qirg'iz Respublikasi ustozi
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi ayni paytda Bishkekda mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Maksim Lisicin tayyorgarlik jarayoni xususida so'z yuritdi.
"Jamoaning tayyorgarligi reja bo'yicha ketmoqda. Jarohatlanganlar yo'qligi quvonarli. Biz bu jamoalarga qarshi avval ham o'ynaganmiz. Futbolchilarga ularning odatiy xatolari va bizni g'alabaga etaklashi mumkin bo'lgan ijobiy tomonlarini tahlil qilib berdik. Umid qilamizki, yigitlar maydonda barcha rejalarimizni amalga oshira olishadi", – dedi 47 yoshli mutaxassis.
Avvalroq Qirg'iz Respublikasining O'zbekistonga qarshi uchrashuv uchun jalb etilgan futbolchilari ro'yxati va qirg'izistonliklarning O'zbekistonga qachon uchib kelishi haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi bellashuvi 20 mart kuni "Bunyodkor" stadionida 21:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Judayam Hurmat qilaman.
Lekin hozirgi tarkibimiz bitta futbolchiga qarab qolmagan.
Xusniddinga ALLOHIM Shifo bersin.
MTJ ga omad 5-1
Judayam Hurmat qilaman.
Lekin hozirgi tarkibimiz bitta futbolchiga qarab qolmagan.
Xusniddinga ALLOHIM Shifo bersin.
MTJ ga omad 5-1