So’nggi yangiliklar

09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  3 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  4 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  12 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  2 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   11

Jarohatdagi yulduzlar Yangiliklar

Jarohatdagi yulduzlar

Asensio, Ryudiger, Yovich va boshqa futbolchilar jarohatlari tufayli mavsum boshini o'tkazib yuborishlari mumkin.

Klublar murabbiylari mavsum boshiga imkon qadar tayyor holatda bo'lishga harakat qilishadi . CHunki, futbolchilar va muxlislarning kayfiyati startga bog'liq bo'ladi. Mavsumni qanchalik yaxshi boshlasangiz, keyingi natijalarga ham shunchalik tasir ko'rsatadi. Yoki aksincha bo'lishi ham mumkin.SHu sababli, hamma murabbiylar futbolchilar haqida qayg'uradi. 

Jarohatlarsiz futbol yo'q. Aksariyat taniqli o'yinchilar hozirdanoq jarohatga yo'liqishdi va mavsum boshini o'tkazib yuborishga majburlar. Biz Evropaning eng yaxshi 5 ligasidan jarohat olgan o'yinchilar ro'yxatini etiboringizga havola etamiz.

Tibo Kurtua. Darvozabon jarohati bois 2019 yil 26 avgustgacha safdan chiqqan;

Tiboning "Real"da unchalik omadi yurishmayapti va olingan jarohat unga qimmatga tushadigan bo'ldi.  Endi u "Selta" va "Valyadolid" bilan kechadigan dastlabki 2 uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Ektor Belerin. O'ng qanot himoyachisi jarohat tufayli 2019 yil 18 avgustgacha safdan chiqqan; 

Ispaniyalik himoyachi yanvar oyida jarohatlangandi. Malumotlarga qaraganda, avgust oyida jarohatdan qutiladi. Bayonotda tiklanish jarayoni uzoq va qiyin kechishi aytib o'tilgandi.

Mattia Kaldara. Himoyachi og'ir jarohat tufayli 2019 yil 2 dekabrda safga qaytadi; 

O'tgan mavsumda Italiyaning eng istiqbolli himoyachilaridan biri "Milan" tarkibida atigi 2 ta o'yinda maydonga tushgan - barchasi jarohatlar tufayli. Afsuski, u yana uzoq vaqtga safdan chiqqan, ammo dekabrda yana safga qaytishi kerak.

Antonio Ryudiger. Tizzasi qattiq shikastlangani uchun nomalum muddatga safdan chiqqan;

O'tgan mavsum oxirida Ryudiger tizzasini jarohatlab oldi. U tiklanishda davom etyapti, biroq Premer-liganing dastlabki turlarida ishtirok etishi so'roq ostida.  

Ferlan Mendi. "Real Madrid" yangi azosi 2019 yil 26 avgustga qadar safdan chiqqan; 

Mendi mavsumoldi yig'inda jarohat olishga ulgurdi. Futbolchi dastlabki ikki turni o'tkazib yuboradi. Bu matbuotda Marselo uchun imkoniyat va Zidan uchun muammo sifatida ko'rsatilmoqda.

SHime Vrsalko. Himoyachining tizzasi operaciya qilindi. SHu bois, jamoa tarkibiga 2019 yil 31 oktyabrda qaytadi;

 Xorvat noyabrgacha maydonga tusha olmaydi. O'z o'rnida Diego Simeone uning nuqtasiga Kevin Tripperni sotib olishga ulgurdi.

Ruben Loftus-CHik. O'yinchi 2019 yil 15 dekabrgacha safga qaytmasligi malum bo'ldi;

 Frenk Lempard uchun yana bir muammo. O'tgan mavsumda Loftus-CHik Mauricio Sarri qo'l ostida o'zini ko'rsata oldi. Yangi murabbiy ham unga ishonmoqda. Ammo, qishgacha uni maydonda ko'ra olmaymiz. Aytgancha, xuddi shunday jarohat tufayli Kallum Xadson-Odoi ham davolanish bilan band.

Lars SHtindl. "Borussiya Menxengladbax" sardori 2019 yil 1 noyabrgacha safdan chiqqan;

 Aprel oyida "Borussiya Menxengladbax" sardori og'ir jarohat oldi. Noyabrga qadar jamoa usiz o'ynashiga to'g'ri keladi.  Aksiga olib jamoa etakchilaridan biri - Torgan Azar ham jamoani tark etdi.

Marko Asensio. Mahoratli yarim himoyachi 2020 yil 28 fevralgacha jarohatini davolaydi;

 "Real"da jarohat oluvchilar juda ko'p, mana endi Asensio og'ir jarohat olgani bois ancha vaqtni tiklanish uchun sarflaydi, bu juda achinarli hol bo'ldi.

Stefan Yovetich. Hujumchi 2019 yil 13 noyabrga qadar safdan chiqqan;

 O'tgan mavsumda Stefan turli jarohatlar tufayli Liga 1da bor-yo'g'i 8 o'yinda maydonga tushgan. Oxirgi olgan jarohatidan so'ng, u faqat kuz oxiridagina safga qayta oladi.

Luka Yovich. "Real"ning yana bir yangi azosi nomalum muddatga safdan chiqqan; 

Zidan jamoasida yana bir jarohat. So'nggi malumotlarga ko'ra, Yovich dastlabki tur o'yinlariga tayyor bo'lishi mumkin ekan.

Yuqorida sanab o'tilgan barcha futbolchilarga sog'lik-salomatlik tilab qolamiz! Yangi mavsumda biz yo'qotishlarsiz jamoalarni va chiroyli futbol ko'rishni xohlaymiz. 

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика