Jarohat olgan Saloh uchun Afrika Kubogi yakunlandimi?

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2024, 13:45
Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh jarohat tufayli nechta o'yinda tusha olmasligi ma'lum bo'ldi.

31 yoshli "Liverpul" vingeri Ganaga qarshi Afrika Kubogining 2-tur bahsida jarohat olgan edi.

Misr futbol assotsiatsiyasining ma'lum qilishicha, milliy terma jamoa sardorining mushaklaridan jarohat aniqlangan va u turnirning ikkita bahsida ishtirok eta olmaydi.

Shunday qilib, agar misrliklar 1/4 finalga chiqa olishsa, Saloh turnirda ishtirok etishi mumkin.


Dastlabki ikki turdan so'ng Misr guruhda 2 ochko to'plab, 2-o'rinni egallab turibdi. Uchinchi tur o'yini Kvartet yetakchisi Kabo Verdega qarshi bo'ladi. Misrliklarni faqat g'alaba qoniqtiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/EFA