Jarohat olgan Ronaldu qachon safga qaytishi malum bo'ldi
26 mar 2019 12:17
Yangiliklar
Jarohat olgan Ronaldu qachon safga qaytishi malum bo'ldi
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Serbiyaga qarshi bahsda olgan jarohatidan qachon qutilishi malum bo'ldi.
34 yoshli forvard serblarga qarshi bahsning 29-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etdi. Ronaldu o'rnini "Benfika" yarim himoyachisi Picci egalladi.
"Jarohatdan havotir olayotganim yo'q. O'z tanamni yaxshi bilaman. Davolanishga ikki haftadan ko'p vaqt ketmaydi, hammasi yaxshi bo'ladi" - deydi Ronaldu.
Agar Krishtianu Ronaldu 2 hafta davolansa, u "Yuventus" safida "Empoli", "Kalyari", "Milan"ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi.
Fikrlar