So’nggi yangiliklar

16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  15 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  9 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  20 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  1 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  10 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  3 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   51 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  26 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  15 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9

Jarohat olgan Mitoma Yaponiyaning Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomasidan o'rin oldi. 26 kishilik to'liq ro'yxat Yangiliklar

Jarohat olgan Mitoma Yaponiyaning Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomasidan o'rin oldi. 26 kishilik to'liq ro'yxat

Osiyo qitasi terma jamoalari asta sekin Osiyo Kubogi uchun qaydnomasini elon qilmoqda.

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu OK uchun 26 kishilik yakuniy ro'yxatni elon qildi. Yaponlarning "zayavkasi"dan yaqinda jarohat olgan "Brayton" vingeri Kaoru Mitoma ham o'rin oldi. Bundan tashqari, Angliya, Ispaniya va Franciya chempionatlarini qizdirayotgan qator o'yinchilar ham tarkibda. JCH-2022ga borgan Daichi Kamada ("Lacio") esa bu safar yakuniy qaydnomadan tushib qolgan. "Seltik"ning to'purar hujumchisi Kyogo Furuxashi esa xuddi JCHdagi kabi tarkibga kiritilmagan.

Yaponiya terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomasi:

Darvozabonlar: 1.Daya Maekava ("Vissel Kobe"), 23.Zion Suzuki ("Sent-Truyden", Belgiya), 12.Taishi Brendon Nozava ("FK Tokio").

Himoyachilar: 3.SHogo Taniguchi ("Al Rayyan", Qatar), 4.Ko Itakura ("Borussiya M", Germaniya), 24.Cuyosi Vatanabe ("Gent", Belgiya), 19.Yuta Nakayama ("Xaddersfild Taun", Angliya), 15.Koki Machida ("Yunion SG", Belgiya), 16.Seiya Maikuma ("Serezo Osaka"), 22.Takexiro Tomiyasu ("Arsenal", Angliya), 21.Xiroki Ito ("SHtutgart", Germaniya), 2.Yukinari Sugavara ("AZ Alkmar", Niderlandiya).

Yarim himoyachi va hujumchilar: 6.Vataru Endo ("Liverpul", Angliya), 18.Takuma Asano ("Boxum", Germaniya), 5.Xidemasa Morita ("Sporting", Portugaliya), 25.Daizen Maeda ("Seltik", SHotlandiya), 10.Ricu Doan ("Frayburg", Germaniya), 13.Keito Nakamura, 14.Yunya Ito (ikkisi "Reyms", Franciya), 20.Takefusa Kubo ("Real Sosedad", Ispaniya), 8.Takumi Minamino ("Monako", Franciya), 7.Kaoru Mitoma ("Brayton", Angliya), 17.Reo Xatate ("Seltik", SHotlandiya), 9.Ayase Ueda ("Feyenoord", Niderlandiya), 26.Kaishu Sano ("Kashima Antlers"), 11.Mao Xosoya ("Kashiva Reysol").


Osiyo kubogi oldidan Yaponiya terma jamoasida jiddiy yo'qotish

Yaponiya terma jamoasi o'zining Osiyo Kubogidagi dastlabki o'yini boshlanishiga 6 soat vaqt qolgunga qadar yuqoridagi tarkibga o'zgartirish kirita oladi (kutilmagandagi ehtimoliy jarohat sabab).

O'z navbatida bosh murabbiy Xajime Moriyasu terma jamoa yulduzi Mitomaning jarohati borasida to'xtalib o'tdi: "Mitoma birinchi o'yinimizgacha tiklanib ulguradimi yoki yo'q, bilmayman. Lekin, uning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda va men uning kutilganidan ertaroq safimizga qaytishini kutyapman".


Malumot uchun, Yaponiya terma jamoasi qita birinchiliklarida eng ko'p 4 marta chempion bo'lgan (1992, 2000, 2004 va 2011 yillarda). Faqatgina bir marotaba ular finalda mag'lub bo'lishgan. Hisob bo'yicha so'nggi bo'lib turgan Osiyo Kubogi-2019 (BAA mezbonlik qilgan) finalida "samuraylar"ni o'shanda ajoyib performans namoyish etgan Qatar termasi 3:1 hisobida enggan.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi 2024 yilning 12 yanvaridan 10 fevraliga qadar Qatarda bo'lib o'tadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика