

"U bilan suhbatlashganim yo'q, biroq u yuzaga kelgan vaziyat ustida jiddiy ish olib borayotganimizni biladi. Mbappe va klub optimal qaror qabul qiladi deb o'ylayman.
Men har qanday murabbiy kabi jamoada kuchli futbolchilarni saqlab qolish niyatidaman, ammo "Monako"da har doim ham buning iloji yo'q. Hozir yoshlar bilan ishlashga e'tibor berishimiz kerak" - deydi Jardim.



