So’nggi yangiliklar

14:25"Наполи" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 13:58Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"дан кетиши мумкин  0 13:27"Реал" Родри учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 13:01"Арсенал" "Реал"нинг ёш юлдузини сотиб олмоқчи  0 12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  1 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  1 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  6 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  48 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  5 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  26

"Jar" stadionidagi 2 uchrashuv vaqti o'zgardi Yangiliklar

"Jar" stadionidagi 2 uchrashuv vaqti o'zgardi

Bu haqda O'zPFL rasmiy sayti malum qildi.

"O'zPFL Coca Cola Superliganing markazlashtirilgan uchrashuvlari vaqtini belgilashda o'yinlarning Toshkent shahrida — 19:00, Toshkent viloyatida — 18:30 hamda projektorida muammolar bor stadionlarda — 17:00 (shomga qadar tugashi inobatga olinib) o'tishini hisobga olgandi.

“Surxon” — “Navbahor” uchrashuvi yakunida mehmonlar ustozi vaqt masalasi haqida fikr bildirdi. “Paxtakor” rahbariyati “Jar” stadioni projektorlari masalasida ish olib bordi, O'zPFL komissari kecha — 20 avgust kuni yoritish tizimini qayta ko'zdan kechirdi.

Bugun — 21 avgust kuni O'zPFL va “Sport” telekanali o'rtasida o'yinlar vaqti masalasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Vaziyatdan kelib chiqib, “Sport” telekanali 22 avgust kungi “Navbahor” — “Mashal” uchrashuvini hamda 24 avgust kungi “Qo'qon-1912” — “Andijon" uchrashuvini 18:30 da jonli efirga olib chiqishni malum qildi. “Jar” mezbonligidagi so'nggi o'yin — “Lokomotiv” — “Nasaf” 27 avgust kuni 17:00 da start olishi belgilangandi. Ayni vaqtda “Sport” telekanali mazkur uchrashuv vaqti masalasida ish olib bormoqda. O'yin yozib olingan holatda namoyish etilsa hech qanday muammo bo'lmaydi, biroq O'zPFL muxlislar o'yinlarni uydan turib kuzayotgani sabab, uchrashuvlarning jonli o'tishidan manfaatdordir. Bu borada qo'shimcha malumot beriladi.

O'zPFL teledasturlardagi o'zgarishlar uchun “Sport” telekanaliga minnatdorchilik bildiradi", deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis 10-tur doirasidagi "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin musobaqa tashkilotchiligidan noroziligini ochiqchasiga bayon qilgan va O'zPFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev rossiyalik murabbiyga javob qaytargan edi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика