So’nggi yangiliklar

01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  10 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1

Janubiy Koreya yutmadi, biz YUTQAZDIK Yangiliklar

Janubiy Koreya yutmadi, biz YUTQAZDIK

Janubiy Koreyadan uchralgan mag'lubiyat haqida ikki og'iz.

To'g'risi, o'yinda dastlabki daqiqalardanoq guruhdagi oson o'yinlar va nimchorak finaldagi raqibning kuchi bizni ancha bo'shashtirib qo'ygani shundoq ko'rindi. Janubiy Koreya butun o'yin davomida bizga ko'zgu tutdi.

Albatta, Bangladesh, Tailand, Qatarning yoshlari hamda Gonkong kabi raqiblar fonida biz ancha kuchli va tetik jamoadek ko'rinayotgandik. O'yindagi muammolar, kamchiliklar doimgidek g'alabalar orasida yashirinib qolayotgandi.

Alam qilgani, o'yinda Janubiy Koreya bizni yutmadi, aksincha, o'zimizning oddiy vaziyatlardagi qo'pol xatolarimiz evaziga yutqazdik.

Hisobda oldinga chiqib olingach ham markazni nazoratga olishni eplay olmadik. Aynan bugungi o'yin nazoratini qo'lga ololmaganimiz, g'alaba qozonib turib ham markazda tartib o'rnatana olmaganimiz baribir pand berdi.

Gollar esa individual va texnik xatolar evaziga yuzaga keldi. Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi, aksincha, temp tushib ketdi. Murabbiy zaxiralarni amalga oshirishda adashdi. Ayniqsa Bobir Abdixoliqovni qanotda o'ynatish murabbiyning yaqqol xatolaridan biri bo'ldi.

Birinchi gol darvozabonning gardanida. Ikkinchi golda Tursunov oddiy vaziyatda to'pni oldirdi. Uchinchi gol esa Rustam Ashurmatovning to'p bilan kelisha olmagani natijasida kelib chiqdi. Uchinchi gol Ashurmatovning xatosi. Ammo to'rtinchi gol bo'lishiga sabab bo'lgan penaltida esa Ashurmatov emas, balki Haydarov ko'proq javobgar. CHunki muhim pallada qo'pol xatoga yo'l qo'ygan, ruhan biroz singan futbolchini almashtirmagan murabbiy ko'proq javobgar. Aynan Janubiy Koreyaning uchinchi golidan avval "brovka"da himoyasi Islom Qobilov maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rayotgandi. To'g'ri, Qobilov umuman boshqa reja asosida maydonga tushishi lozim edi. Ammo goldan so'ng barcha rejalar o'zgarib ketdi. Lekin, Rustamning yo'l qo'ygan xatosidan so'ng uni almashtirish eng to'g'ri qaror bo'lardi. CHunki Ashurmatov qolgan vaqtda o'zini aybdor sifatida his etdi va asablarini jilovlay olmadi.

Ikrom Aliboev ham ogohlantirishi bor futbolchi sifatida o'zini biroz nazorat qilishi lozim edi. Katta o'yinlarda, kerakli paytda jamoa etakchisi sifatida bu kabi xatolarga, raqibning "provakacion" harakatlariga uchmasligi kerak. Ko'p vaziyatlarda bizning futbolchilarda bunaqa vaziyatlar uchun "immunitet" etishmasligi pand bergan. Bu safar ham ushbu holat takrorlandi.

Janubiy Koreya Osiyo o'yinlariga Tokio-2020ga borishi mumkin bo'lgan avlodi bilan tashrif buyurdi. Limitdan esa to'liq foydalanib, jamoani yaxshigina kuchlar bilan ""qurollantirdi". Biz esa Jakartaga qo'shig'ini kuylab bo'lgan, faqatgina bugun uchun natija qilib berishi kutilgan avlod va uchta tajribali futbolchilar bilan bordik. Natijada bir o'q bilan ikkita qo'yonni urmoqchi bo'layotgan Janubiy Koreyaga yutqazdik. Alam qilgani, aynan o'zimiz yutqazdik.

Futbolchilarga ortiqcha etiroz yo'q. Ular missiyani bajarish uchun yo'l olishdi. Ammo buni uddalashni eplay olmadik. Bu yosh toifadagi futbolchilarning aksariyati, ayniqsa bu yili jamoasi bilan OCHLda ham o'ynagan "Nasaf" hamda "Paxtakor" azolari juda toliqishganini unutmaslik kerak. Ahir bu jamoaning ko'plab futbolchilari 1,5 yildan buyon uzluksiz futbol o'ynashmoqda. Yig'inlar, norasmiy turnirlar, o'yinlar, musobaqalar, OCHL va Superliga.

To'g'ri, bular yosh va kuchga to'lgan payti. Ammo hamma futbolchini kerakligicha ishlatishni, paytida hordiq chiqarish uchun imkon berishni o'rganishimiz lozim. SHunday tizim yaratilsagina hammasi izga tushadi. Kerak payt natija ham keladi, o'yinimiz ham qovushadi, zaxiramiz ham uzun bo'ladi. Futbolchilar nafaqat jismonan, balki ruhan ham ancha toliqib qolishgan. Futboldan bezib qolishgan, desa ham bo'ladi. Biz bunday yondoshuv va munosabat bilan ko'plab avlodlarimizni yo'qotganmiz. Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov, Egor Krimec kabi istedod sohiblarimiz ham paytida aynan shunday yig'inma-yig'in, turli xil terma jamoalarga yuraverib charchab qolishgandi.

SHu o'rinda mazkur terma jamoa futbolchilarining klubdagi murabbiylariga kichik murojaat qilmoqchiman: Iltimos, futbolchilar klub ixtiyoriga kelganidan so'ng, ularga biroz hordiq chiqarish uchun imkoniyat bering! Ruhan biroz tetiklashib olishsin! Bu jamoada yaxshi, kelajagi bor futbolchilar bor. Ularni futboldan bezdirib qo'ymaylik!

SHunchaki shaxsiy xulosam, bu jamoadan MTJga nomzod ko'plab futbolchilar Osiyo kubogiga borishlariga ishonish qiyin. CHunki ularni funkcional va ruhiy tayyorgarliklari mavsumning yakuniy qismini ideal tarzda o'tkazishlariga yo'l qo'ymaydi. Futbolda bu narsa baribir o'z so'zini aytadi.

Futbol mutasaddilarimiz, turli yoshdagi terma jamoalarimiz murabbiylari qachonki Superliga klublarida asosiy tarkib futbolchisi bo'lgan nomzodlarni bezovta qilmaslikni o'rganishsagina, shunday tizim ishlasagina, keyin bizda tartib bo'ladi. Futbolda esa bor potencialimizni namoyish etamiz.

Ravshan Haydarov ham turnir davomida ikki xil vazndagi raqiblar qarshisida chalg'idi va o'yin ritmini yo'qotib qo'ydi. Muvaffaqiyatsizlikda murabbiyni ham ayblamoqchi emasman. Bu jamoa keragini berib, vazifasini uddalab bo'ldi.

Mag'lubiyatda hakamni aybdor qilish ham noo'rin.

Gap Osiyo o'yinlarida birgina oltinda ham emas. Biz Tokio-2020ga borishi mumkin bo'lgan avlodni bu erda yaxshigina quvvatlantirib olish imkoniyatidan foydalana olmadik. Osiyo o'yinlariga bu tarkib borganimizni faqatgina natija bilan biroz bo'lsada oqlashimiz mumkin edi. Ko'zlangan natijani minimum ham uddalay olmadik.

Xulosa esa o'zingizdan...

Muallif :
Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика