Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari JCH-2018ga chiqqani uchun qancha mukofot puli olishdi?
11 apr 2018 14:50
Yangiliklar
Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari JCH-2018ga chiqqani uchun qancha mukofot puli olishdi?
Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchilari jahon chempionatiga chiqqani uchun o'z futbol federaciyasidan mukofot puli olishdi.
Milliy futbol boshqaruv tashkiloti bonus tariqasida 2,4 mlrd von (2,24 mln. dollar) to'lagani malum qilindi.
Saralash bosqichida hech bo'lmasa bir marta milliy jamoaga chaqirilgan futbolchi ham bonus olishga muvaffaq bo'ldi.
Koreya futbol associaciyasining malum qilishicha, futbolchilar g'alabalarga qo'shgan hissasi bo'yicha 4 guruhga bo'lindi va eng muhimlariga 80 mln. von (75 ming dollar), ikkinchi guruhdagilarga 60 mln. von (56 ming dollar) to'landi. Uchinchi guruhga kirganlar 40 mln. von (37 ming dollar), qolganlar esa 30 mln. vondan (28 ming dollar) mukofot puli olishdi.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar