So’nggi yangiliklar

17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  0 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  9 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  8 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  9 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  4 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  6 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  28 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  4 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   11 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  3

Kuper imzosini "o'chirvorgan" Janubiy Koreya - sharmandali mag'lubiyat! Yangiliklar

Kuper imzosini "o'chirvorgan" Janubiy Koreya - sharmandali mag'lubiyat!

O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyada Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida sharmandali mag'lubiyatga uchradi.

O'rtoqlik uchrashuvi

JANUBIY KOREYA - O'ZBEKISTON 4:0

20 noyabr. Brisben. "Queensland Sport and Athletics Centre" stadioni.

Hakamlar
: Kris Bit, Eshli Bichem, Anton SHetinin, Piter Grin.
VAR tizimidagi hakamlar: Jarred Gillet, Richard Naumovski.

Gollar: Nam Tae Xi (9), Xvang Ui Jo (24), Mun Son Min (70), Suk Xyun Jin (81)

Janubiy Koreya - 23.Jo Xyon Vu, 19.Kim Yong Vun (20.Kvon Kyung Vun, 63), 15.Jung Song Xyun (22.Park Ji Su, 82), 2.Li Yong, 6.Park Ju Xo (14.Xong CHul, 75), 7.Xvang In Bom, 5.Ju Se Jong, 10.Nam Tae Xi (18.Mun Son Min, 51), 17.Li CHung Yong (8.Li Jin Xyun, 75), 26.Na Sang Xo, 16.Xvang Ui Jo (9.Suk Xyun Jin, 69)
Zaxira: 1.Kim Song Gyu, 21.Kim Jin Xyong, 4.Kim Min Je, 25.Li You Xyon, 24.Kim Jung Min, 12.Kim Song De.

O'zbekiston - 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 7.Odiljon Hamrobekov, 16.Otabek SHukurov - 17.Doston Hamdamov (6.Husniddin G'ofurov, 74), 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 64), 15.Aziz Turg'unboev (10.Marat Bikmaev, 46) - 14.Eldor SHomurodov.
Zaxira: 12.Eldorbek Suyunov, 25.O'tkir Yusupov, 19.Vladimir Kozak, 18.Doston Tursunov, 4.Davron Hoshimov, 3.Egor Krimec.


                        MATNLI TRANSLYACIYA


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari!

- Ektor Kuper qo'l ostidagi terma jamoamiz Avstraliyadagi yig'in doirasida bugun Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs Kuper boshchiligidagi umumiy hisobdagi oltinchi bellashuvga aylanadi.

- Uchrashuvdan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini etiboringizga havola etamiz.


- Janubiy Koreya bilan bo'ladigan bugungi bahs o'zaro o'yinlardagi 16-to'qnashuvga aylanadi. Hozirgacha o'tkazilgan 15 o'yindan 1tasida O'zbekiston, 10tasida koreyaliklar va qolgan 4 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.

- Har ikkala jamoa bosh murabbiylari odatdagidek bugungi o'yinga 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanishni maqul ko'rishgan.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Endi esa har ikkala davlat madhiyalari jarang soladi.

- Kichik yangilik. Ektor Kuper sardorlik bog'ichini Anzur Ismoilovga topshirgan. Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov. Vice-sardor esa Ignatiy Nesterov hisoblanardi. Ammo maydonda Nesterov bo'lishiga qaramasdan bugun ham sardorlik bog'ichi Livan bilan o'yinda bo'lgani kabi Ismoilovga topshirilgan. 

- O'YIN BOSHLANDI!

4` Hozircha jamoalar pozicion hujumga o'tishga shoshilishmayapti. O'yin asosan maydon markazi atrofida o'tmoqda. To'p nazorati koreyaliklar tomonida. 

9` Gol! Nam Tae Xi! Koreyaning maydon markazidan boshlagan hujumi o'ng qanotdan rivojlantirildi va jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pga himoyachilar qarovisiz qolgan Nam Tae Xi aniq zarba yo'lladi - 1:0.

10Janubiy Koreyaning qanotdan uyushtirayotgan hujumlari xavfli tus olmoqda. Hozircha Koreya hujumda bosimni kuchaytirmoqda. Biz esa himoyalanish bilan ovoramiz. 

14` Tashabbus to'liqligicha raqib tomonida. Biz to'psiz harakatlanish bilan bandmiz. Maydon markazida o'yinni o'z qo'liga oladigan va hujumlarga yo'nalish beradigan etakchi ko'zga tashlanmayotgani sezilmoqda.

18` Li CHung Yong markazdan osonlik bilan jarima maydonchasi oldiga yaqinlashib darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Nesterov xavfni bartaraf etdi! 

20` Janubiy Koreya jarima zarbasini amalga oshirdi. Ammo raqibning ushbu standart vaziyatidan bo'lgan urinishi besamar ketdi. Nesterov bu vaziyatda o'zi tomon kelgan to'pni osonlik bilan ushlab oldi. 

22`Hozircha bizda hujumda deyarli imkoniyat tug'ilmayapti. Bazi vaziyatlarda qanotlardan hujumga o'tishga bo'lgan urinishlar muvaffaqiyatsiz tugamoqda. 

23Janubiy Koreyaning ketma-ket hujumlari xavfli tus olmoqda. Tayanch hududida o'ynayotgan yarim himoyachilarimiz to'pni oddiy vaziyatlarda yo'qotishmoqda.

24Gol! Xvang Ui Jo!  Terma jamoamiz o'yinida PAROKANDALIK! Himoya chizig'ida muammolar! Navbatdagi hujum va standart vaziyati koreyaliklarga golni taqdim etdi. Avvaliga Nesterov tomonidan ajoyib seyv amalga oshirildi, biroq ikkinchi urinishda raqib hujumchisi Xvang Um Jo darvozani osonlik bilan kuchli zarbasi bilan ishg'ol etdi - 2:0.

26Maydon markazidagi parokandalik o'yinimizni muvozanatdan chiqarib yubormoqda. Mudofaa chizig'imiz esa raqibning bosimiga dosh berolmayapti. Kuperning ikkinchi raqam ostida tanlagan taktikasi mazkur bahsda umuman ish bermayapti. Qarshi hujumga o'tish imkoniyatlaridan esa foydalana olmayapmiz. To'pni himoyadan hujumga olib chiqishi lozim bo'lgan tayanch nuqtasidagi futbolchilarimiz hozircha ko'rinish berishmayapti.

28` To'p Janubiy Koreya futbolchilariga tushganda yurak "duk-duk" urmoqda. CHunki ularning hujumga o'tishga bo'lgan deyarli har bir urinishi juda xavfli ko'rinish olmoqda.

31` Hujumda nima qilish kerak, degan savol bilan o'ynayotgandek taassurot qoldirmoqda terma jamoamiz. Ektor Kuper tanaffusda futbolchilarning mazkur savoliga javob izlashi lozim.

37` Nihoyat! Nihoyat terma jamoamiz raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Aniq zarba! Sidiqovning kuchsiz chiqqan zarbasini raqib posboni ushlab oldi. Sidiqovning zarbasidan ruhlangan futbolchilarimiz yana bir marta bu ishni takrorlashdi. Ammo Turg'unboevning ham urinishi Jo Xyon Vuga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi.

42Janubiy Koreya to'p nazoratini bizga topshirdi. Ammo pozicion hujum tashkil etishda muammolarga duch kelyapmiz. Aziz Turg'unboev uzoq davom etgan hujumni uzoqdan yo'llagan zarbasi bilan yakunladi. Darvozabon yana o'z o'rnida. 

- O'tgan vaqt shuni ko'rsatyaptiki, terma jamoamiz to'p bilan yaxshi va engil harakatlanmoqda. To'psiz esa himoyalanishda dovdirab qolyapmiz. Mazkur xulosaga ancha avval kelingan. Ammo Kuperning tanlagan taktikasi va uslubi bizning mazkur ustunligimiz bilan hamohang emas. Bunga esa kamida Osiyo Kubogiga qadar ko'nishga majburmiz. Yakuniy xulosa yanvarda bo'ladigan qita chempionatida beriladi. Hozircha Kuperning tajribasiga tayanib turamiz. 

- Birinchi taym tugadi. Tanaffus! 

Biz uchun juda qiyin o'tgan taym statistikasi bilan mazkur havola orqali tanishing

46` Ikkinchi taym boshlandi!

- Tanaffusda tarkibda o'zgarish ruy berdi. Aziz Turg'unboev o'rniga Marat Bikmaev tushdi.

Telegram kanalimizda uchrashuvda kiritilgan gollarning videosi joylandi!

- Janubiy Koreyaning dastlabki gol muallifiga aylangan Nam Tae Xi jarohat oldi. Raqib tarkibida majburiy o'zgarish. Uning o'rniga Mun Son Min tushdi.

55`Janubiy Koreya xotirjamlik bilan o'yinni nazorat qilmoqda. Hozircha ikkinchi taymda temp baland emas. 

60` O'yinimizda agressiya, quvvat yo'q. To'psiz ancha vaqt harakatlangan futbolchilar ikkinchi bo'limga kelib charchab qolishgani ham sezilib qolmoqda. Raqib esa to'p bilan ortiqcha yurugmasdan tizginni o'z qo'lida ushlab turibdi.

62` Kuperning uslubida o'ynayotgan terma jamoamiz fonida Janubiy Koreya "Manchester Siti"dek ko'rinmoqda.

63` Janubiy Koreyada o'zgarish: Kim Yong Vun o'rniga Kvon Kyung Vun maydonga tushirildi.

64` Terma jamoamizda o'zgarish: Sidiqov o'z o'rnini Aliboevga bo'shatib berdi.

68` Marat Bikmaevning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq manzil tomon yo'naltirildi.

69` Xvang Ui Jo o'rniga Suk Xyun Jin maydonga tushdi.

70` Gol! Mun Son Min! Anchadan buyon pishib kelayotgan gol yuzaga chiqdi. Zaxiradan maydonga tushgan Mun Son Min o'zining ajoyib va kuchli zarbasi bilan tablodagi hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!

74` Terma jamoada o'zgarish ruy berdi: Doston Hamdamov o'rniga Husniddin G'ofurov maydonga chiqdi.

75` Janubiy Koreyada o'zgarish: Park Ju Xo o'rniga Xong CHul va Li CHung Yong o'rniga Li Jin Xyun maydonga tushirildi.

77` Juda g'arib va qo'rqoq o'yin. Janubiy Koreyadan juda ko'p yutqazganmiz. Ammo bu kabi kurashsiz va hech narsa qila olmasdan o'ynagan bahsni eslash qiyin. Koreya ancha xotirjam va bemalol o'ynayotgani kishini ranjitmoqda.

81` Gol! Suk Xyun Jin! Bo'ldida endi! Etar endi-a? 

82` Janubiy Koreyada navbatdagi o'zgarish ruy berdi. Jyung Xyon Son o'rniga Park Ji Su maydonga tushdi.

85` Uyat! Bunday ojiz va kuchsiz, nima qilishni bilmay qoladigan terma jamoamizni ko'rmagandik. Kuper, qani o'yin? Kuper, shumi super o'yin? Nimalar bo'lyapti? 

Kuper qo'l ostida sharmandalarcha mag'lub bo'ldik! Tablodagi hisob o'z yo'liga, o'yin va himoyadagi harakatlar nolga teng! Alamli mag'lubiyat!

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика