So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  1 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  13

Janubiy Koreya murabbiyi: "Avstraliyada uch nafar yangi futbolchini sinab ko'ramiz" Yangiliklar

Janubiy Koreya murabbiyi: "Avstraliyada uch nafar yangi futbolchini sinab ko'ramiz"

Ayni paytda Avstraliyada bo'lib turgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Vakillarimiz Brisben shahrida dastlab Livan, undan keyin 20 noyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Har ikkala o'yin Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Ikkinchi raqibimiz Janubiy Koreya shu haftaning shanba kuni Avstraliya termasi bilan kuch sinashadi. Brisbenga keladigan koreyaliklar tarkibida yo'qotish bor. Xususan "Tottenxem" hujumchisi Son Xyong Min va "Nyukasl" yarim himoyachisi Ki Sung Yong mazkur yig'inga chaqirilmagan. Bundan tashqari, "Gamburg" hujumchisi Xvang Xi CHan jarohati sabab Avstraliyaga bora olmaydigan bo'ldi.

Janubiy Koreya terma jamoasi Avstraliya sari yo'lga chiqish oldidan bosh murabbiy Paulo Bentu intervyu berdi. Portugaliyalik murabbiy shunday dedi: "Osiyo Kubogiga kam vaqt qolayotgan bir paytda biz uchun har bir yig'in muhim ahamiyatga ega. Men Avstraliyadagi ikkita o'rtoqlik o'yinida uch nafar yangi futbolchini sinab ko'rmoqchiman. Bular - Na Sang Xo, Li YU Xyon va Kim Jung Min. SHuningdek, tarkibimizda Li CHung Yong, Ku Ja CHol kabi faxriylar ham bo'ladi".

Qizig'i shundaki, Paulo Bentu ham xuddi Ektor Kuper kabi terma jamoani avgustda rasman qabul qilib oldi va uning ostida koreyaliklar bizga o'xshab to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Bu o'yinlarda ikkita g'alaba va ikkita durang qayd etildi. Bentuning aytishicha, jamoa o'yinida o'sish bor. "Men hammasi yaxshi ketayotganidan xursandman. Osiyo Kubogiga kelib yanada kuchli bo'lishimizga ishonaman. Avvalgi to'rtta o'yinni uyda o'ynadik. Endi safarda ham o'zimizni sinab ko'rmoqchimiz. SHu bois Avstraliya yig'inini tanladik", - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика