Janubiy Koreya. K2 ligasi. Rustam Ashurmatov jamoasidan navbatdagi g'alaba
28 sen 2019 16:56
Yangiliklar
Janubiy Koreya. K2 ligasi. Rustam Ashurmatov jamoasidan navbatdagi g'alaba
Bugun Janubiy Koreya K2 ligasi doirasidagi "Gvangju" va "Seul E-Lend" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z uyida "Seul E-Lend"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Ashurmatov mazkur o'yinda doimgidek to'liq 90 daqiqa harakat qildi. "Gvangju" 30 turdan so'ng 61 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda. CHempionat yakunlanishiga esa 6 tur qolgan. "Gvangju" esa ikkinchi o'rindagi "Busan I'Park"dan 8 ochko ilgarilab ketgan.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 30-tur
"Gvangju" - "Seul E-Lend" 3:1
Gollar: Ju-Gun Kim (13), Xyon-Sok Du (18), Felipe De Souza Silva (62) - Ki-Yong Von (51).
Fikrlar