Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Meksika va Qatarga qarshi o'yinlar biz uchun yaxshi maktab bo'ladi"
03 noy 2020 18:57
Yangiliklar
Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Meksika va Qatarga qarshi o'yinlar biz uchun yaxshi maktab bo'ladi"
Janubiy Koreya terma jamoasi shu oyda Meksika va Qatar terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Bu Janubiy Koreya terma jamoasining joriy yil hisobidan ilk yig'ini bo'ladi. Koreyaliklar 14 noyabr kuni Meksika, oradan uch kun o'tib Qatar termasi bilan kuch sinashib ko'rishadi. Har ikki bahs Avstriya poytaxti Venada tashkil etiladi.
Janubiy Koreya bosh murabbiyi Paulo Bentu mazkur uchrashuvlar jamoasi yaxshi maktab bo'lishini aytib o'tdi:
- "Bu bizning 2020 yil hisobidan birinchi o'rtoqlik o'yinlarimiz bo'ladi. Pandemiya sabab yig'ila olmadik. Endi bo'lsa vaziyat sekin-asta o'zgaryapti. Avstriya yig'iniga 26 nafar futbolchi boradi va ular orasida ko'pchilik kutayotgan Son Xyong Min ham bor. O'ylaymanki, Meksika va Qatar bilan kechadigan o'yinlar biz uchun yaxshi maktab bo'ladi".
Fikrlar