Janluka Vialli vafot etdi
06 jan 2023 14:53
Yangiliklar
Afsonaviy hujumchi Janluka Vialli bugun 58 yoshida vafot etdi. Jahon futboli yulduzi saraton kasalligi bilan og'rigandi.
U so'nggi bir necha yil davomida oshqozonosti bezi saratoni bilan kurashib keldi. Dekabr oyida kasallik kuchayib ketgani bois Vialli Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabini tark etishga majbur bo'lgandi.
Vialli "Kremoneze", "Sampdoriya", "Yuventus" va "CHelsi"da o'yirlari orqali tanilgan. 1992 yilda "Sampdoriya"dan "Yuventus"ga 12,5 million funt evaziga o'tgan, bu o'sha paytdagi rekord darajadagi transfer narx edi. "Yuventus" bilan u 1996 yilda CHempionlar Ligasida g'olib chiqqag.
1985 yildan 1992 yilgacha bo'lgan davrda u Italiya terma jamoasi safida 59 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urgan. "Skuadra Adzurra" bilan 1990 yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan.
Fikrlar