Janluiji Buffon: Ronaldu va Benzema tushlarimga kirmayapti
03 iyu 2017 08:08
Yangiliklar
Janluiji Buffon: Ronaldu va Benzema tushlarimga kirmayapti
Ajoyib qo'llab quvvatlashni his qilayapmiz. Real bilan o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynashimiz kerak.
G'alaba bizga quvonch bag'ishlaydi. Ronaldu – barcha uchun namuna. Men 39 yoshdaman, ruhiy tomonlama o'sishim kerakligini bilaman. Dani va Ronaldu kabi futbolchilar ko'p narsa yutishgan. Ularning orasida ekanligimdan xursandman.
O'z kuchimizga ishonamiz, ammo osmonlarda uchmayapmiz. Real finallarda g'olib chiqishga o'rganib qolgan, biz esa ko'p bor finalda yutqazganmiz. Tarixni o'zgartirish uchun imkoniyat bor.

Ronaldu va Benzema tushlarimga kirmayapti. Aks holda Realning qolgan barcha futbolchilari ham tushimga kirardi. Bir tun etmagan bo'lardi!
2006 yilgi JCH finali o'tganiga 11 yil o'tdi, Zidan Realni boshqarayotganidan xayron bo'lmadim. O'z sifatlarini yo'qotmadi, u – g'olib. Futbolchilik vaqtida g'olib edi, murabbiy bo'lib ham shunday bo'lib qolgan. Umid qilamanki ertaga g'olib bo'lmaydi. Ammo bu uning obro'siga putur etkazmaydi, – deydi Buffon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar