Janluiji Buffon futbolchilik faoliyatini yakunladi. Tez orada afsonaning o'zi buni malum qiladi
01 avg 2023 23:43
Yangiliklar
Janluiji Buffon futbolchilik faoliyatini yakunladi. Tez orada afsonaning o'zi buni malum qiladi
Yana bir afsonani boshqa maydonda ko'rmaymiz.
Italiya terma jamoasi sobiq darvozaboni, afsonaviy Janluiji Buffon 45 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano malum qildi. Darvozabonning o'zi buni yaqin kunlar ichida elon qiladi. Buffonning "Parma" bilan bir yillik shartnomasi bor edi, ammo kiper futboldan ketishga qaror qildi.
Malumot uchun, Janluiji Buffon faoliyati davomida uchta klubda faoliyat olib bordi. Bular "Yuventus", PSJ va "Parma" jamoalari. Bundan tashqari, Buffon Italiya terma jamoasida 176 ta o'yin o'tkazgan. 2006 yil afsonaviy posbon o'z terma jamoasi bilan Jahon chempionligini qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar