So’nggi yangiliklar

01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:57Миллатлар лигаси. Хорватия, Португалия ва Испания терма жамоаси иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

Jangovar durang bilan yakunlangan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" o'yini haqida Yangiliklar

Jangovar durang bilan yakunlangan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" o'yini haqida

Kecha Superliganing beshinchi turidan o'rin olgan ikki uchrashuv bo'lib o'tdi.

 Biri Bekobodda "Metallurg" va "Andijon" bahsi bo'lsa, ikkinchisi "Bunyodkor" - "So'g'diyona" o'yini. Muxlislarning diqqat etibori esa bevosita Toshkentdagi o'yinga qaratildi. Qiziqish narigi bahsga qaraganda yuqoriroq edi. 

"So'g'diyona" mazkur uchrashuvga qadar hali biror marotaba mag'lub bo'lmagan bo'lsa, "Bunyodkor" Qo'qonda yo'qotilgan ochko o'rnini to'ldirishni maqsad qilgani aniq edi. Ularning o'z maydonida qo'lga kiritgan g'alabasi turnir jadvalida uchinchi o'rinda qolishini taminlardi. SHu bois ham o'yindan avval keskin kurash va shiddat yuqori bo'lishi kutildi va amalda ham shunday bo'ldi. 

Tarkibda etishmovchiligi bor "Bunyodkor" va taktika tanlashda adashmagan Baqoev

"Bunyodkor" jamoasida tarkib bilan bog'liq muammolar ushbu uchrashuvda ham o'z so'zini aytmasdan qolmadi. Demak quyidagi tarkib va futbolchilarning joylashuviga etibor bering.


Ko'ryapsizki "Qo'qon-1912" bilan o'yinga qaraganda bitta o'zgarishni ko'rishimiz mumkin. Yani Rasul Yo'ldoshev o'rniga Sanjar Rashidov yarim himoyadan o'rin egalladi. Qolgan chiziqlarda o'zgarish ko'rganimiz yo'q. Faqatgina bizga markaziy yarim himoyachi Suxrob Izzatovning chap qanot himoyasida o'ynayotgani tushunarsiz holat bo'lmoqda. Mavsum startidagi o'yinlarda ushbu poziciyada Sunnatilla Abdullajonovni ko'rayotgan edik. Bilishimizga qaraganda Abdullajonovda jarohat yo'q. Aslida mazkur futbolchi avvalgi mavsumlarda "Qizilqum"da yarim himoyachi sifatida gavdalangandi. Fikrimizcha Izzatov ko'proq tayanch yarim himoyasida foydasi ko'proq tegadi. Umuman olganda "Bunyodkor" davralar oralig'ida himoya chizig'ini kuchaytirish masalasini ko'rib chiqishi kerak. Hozirgi kunda tarkibda futbolchilarning etishmovchiligi murabbiylarni ham o'ylantiryotgani shubhasiz. Bugungi kunda mudofaa chizig'ida harakat qilayotgan to'rt nafar himoyachidan ikki nafari aslida yarim himoyachi. Faqatgina Davron Ergashev haqiqiy sof himoyachi hisoblanadi. Yana bir etiborimizni tortgan jihati Nurillo To'xtasinovning yana o'ng qanotga joylashtirilgani. Bir nechta o'yinda kuzatyapmizki To'xtasinovda vingerlik qobiliyati yo'q, bu uning ustun tomoni hisoblanmaydi. To'g'ri o'tgan mavsum ham u bir nechta o'yinlarda qanotda to'p tepdi. Lekin unda Sanjar Qodirqulov ham bor edi. Almashib birgalikda harakat qilardi. Lekin uni ko'poq hujumchi ortida o'ynatish foydaliroq bo'lardi. Qolgan chiziqlar bo'yiicha etirozimiz yo'q. 


"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev safarda "Bunyodkor" o'z maydonida birinchi raqam ostida o'ynashini bilgan holda quyidagi tarkib va taktikada futbolchilarini joylashtirdi. 

Bunda beshta himoyachi ikkita tayanch yarim himoyachisi ikkita vinger va bitta sof hujumchi ilk daqiqalardan harakat qildi. Jamoa hujum qilayotgan pallada ikki qanot himoyachilari Asiljon Begimqulov va Ergash Ismoilovlar oldingi chiziq vakillariga yordamga kelishdi va bunda ortda uch nafar himoyachining o'zi qoldi. "So'g'diyona"da tarkib bilan bog'liq muammo ko'zga tashlanmadi. Barcha futbolchilar o'z poziciyalarida, odatdagi uslubda o'ynashdi. Hujumlar tashkil qilish asosan Jasur Hasanovning qanotidan amalga oshirildi. 

Darvozalarga to'rtta gol urilgan birinchi bo'lim

Odatda birinchi bo'limni faol boshlaydigan "Bunyodkor" jamoasi nima uchundir o'ziga o'xshamadi. Buni bosh murabbiy SHuhra Maqsudov ham inkor qilgani yo'q. Maydon markazidan qanotlarga va jarima maydonchasiga uzatiladigan to'plar sifatsiz ko'rinish oldi. CHiziqlar orasidagi to'pni nazorat qilish jarayonida brak paslar ko'p bo'ldi. To'p egallab olingan zahotiyoq raqib futbolchilari tezkor bosim uyushtirdi va buning natijasida uzatmalarning ko'pi noaniq chiqdi. Futbolchilarning maydonda bir-birini o'zaro tushunishida ham muammolar borligi ko'zga tashlandi. Bundan esa "So'g'diyona" futbolchilari unumli foydalanishga intildi. Maydon egalarining har bir yo'qotgan to'pi mehmonlarning qarshi hujumlarining keskin ko'rinishiga olib keldi. Raqib safidagi tayanch yarim himoyachilari bitta harakat bilan bo'sh zonada turgan Hasanovga to'pni oshirib berishga urinishdi. Tezkor yarim himoyachi jarima maydonchasidagi SHohruz Norxonovga to'pni oshirishga harakat qilib ko'rdi. Umuman mana shu Hasanov va Norxonovning o'zaro yaxshi tushunib o'ynashi "So'g'diyonan"ning g'alabalarida o'rni katta bo'lmoqda, deyishimiz mumkin. 16-daqiqada ushbu juftlikning say harakatlari bilan uchrashuvda hisob ochildi. Jasur Hasanovning burchakdan uzatgan to'pidan so'ng Norxonov boshi bilan zarba yo'llab "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qildi. Ushub vaziyatda Norxonovga yaqin turgan va qo'riqlashi kerak bo'lgan Lutfulla To'raev va Suxrob Izzatov bir-biriga ishonib qolishi natijasida Norxonov ulardan ildamroq harakat qilib yakkakurashda g'olib chiqdi. 

Goldan bir necha daqiqa o'tgach mezbonlarda javob to'pini kiritish uchun juda qulay vaziyat yuzaga keldi. G'iyosov qanotdan tezlikda oldiga o'tib Mirahmadov bilan devor uslubida kombinaciya tashkil qildi. Mirahmadov to'pni G'iyosovning o'ziga uzatdi. Biroq raqib jarima maydonchasi ichida "Bunyodkor" futbolchilarining kamligi hujumni gol bilan yakunlanishiga to'sqinlik qildi. Bu erda qolgan futbolchilar ortda qolib ketgandi. Bo'lim oxirlariga kelib o'yinda temp yanada oshdi. 41-daqiqada Ayubxon No'monovga tegib qaytgan to'pni egallab olgan Nurillo To'xtasinov chamasi 25 metrlardan o'z uslubida kuchli zarba yo'llab SHirinboy Abdullaev qo'riqlayotgan darvozaning to'qqizligini aniq nishonga oldi. Bunda futbolchining individual mahorati o'z so'zini aytdi. Buni qarangki oradan hech qancha o'tmasdan Ulug'bek Baqoev shogirdlari hisobda oldinga chiqib olishdi. To'xtasinovning goliga ko'maklashib yuborgan Ayubxon No'monov o'z aybini supergol bilan yuvishga erishdi. Davronjon Ergashevga tegib qaytgan to'pga to'xtatmasdan zarba bergan Ayubxon No'monov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Aftidan birinchi bo'lim shu hisobda tugashi kutilgandi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda "Bunyodkor" hisobdagi muvozanatni tikladi. Jizzaxliklar o'z jarima maydonchasida Muhammadodil Qahramonovni yiqitdi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev VAR qaroridan so'ng mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Diqqat bilan etibor bersangiz ushbu holatda Ergash Ismoilov Qahramonovning chap oyog'iga teginishi natijasida futbolchi muvozanatni yo'qotdi va yiqildi. 11 metrlik nuqtadan Xurshid G'iyosov bexato zarba yo'llab jamoalarning tanaffusga 2:2 ko'rinishida yo'l olishini taminladi.

Ikkinchi bo'limda to'p nazorati va ustunlik "Bunyodkor" tomonida bo'lgan bo'lsada vaziyatlardan foydalanishda samara chiqara olgani yo'q. "So'g'diyona" esa qarshi hujumlarda o'z omadini sinab ko'rdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sahob Rashidovning o'zi ikki bor darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Biroq yakuniy zarbani yo'llashda aniqlik etishmadi. "Bunyodkor" ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib tezkor vinger Farrux Ikromovni Sanjar Rashidovning o'rniga maydonga tushirdi. Bunda pozicion o'zgarish bo'ldi. To'xtasinov markazga qaytgan bo'lsa, Ikromov qanotda hujumlarni keskinlashtirishga urinib ko'rdi. Ushbu futbolchida vingerga kerak bo'lgan barcha hislatlar mavjud. Lekin nimadir unga asosiy tarkibga kirishiga yo'l qo'ymaydi. Tezligi, driblingi bor. Faqatgina to'pni o'zida ko'p ushlab qoladi va jamoaviy o'yinga kirishishiga qiynaladi. Jamoaviy o'yinga yaxshi qo'shilsa asosiy tarkibda qanotda samara keltira oladi. "So'g'diyona" taktik tomonlama ikkinchi bo'limda rejasini amalga oshirdi, deyishimiz mumkin. Hujumga zo'r bergan "qaldirg'ochlar" esa o'yin borasida hali juda ko'p ishlashlariga to'g'ri keladi. Futbolchilar bir jamoa sifatida jipslashishga qiynalishmoqda. Balki bu jamoaning ichki muhiti bilan bog'liqdir. Qolgani bizga qorong'u.  O'yindan-o'yinga yaxshilanishi mumkin, degan iborani ko'p bor ishlatamiz. Lekin 5ta tur ortda qoldi. Hozir yo'qotilayotgan ochkolar chempionlik uchun kurashayotgan jamoaga juda qimmatga tushishi hech gap emas.

Raqamlar va faktlar

Ushbu uchrashuv jamoalarning o'zaro 23-to'qnashuvi bo'ldi. Bularning 16 tasida "Bunyodkor", 2tasida "So'g'diyona" g'alabani tanata qilgan. Kechagi bahsdagi durang o'zaro o'yinlardagi beshinchisi sifatida tarixga kirdi. "Bunyodkor" o'z maydonida uchinchi bor "So'g'diyona" bilan 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi. 2018, 2019 yilgi mavsumlarda ham jamoalar shunday hisobda murosa ko'chasini tanlashgandi. Poytaxt klubi o'z maydonida "So'g'diyona"ga qarshi kechgan so'nggi beshta o'yinning 2tasida g'alaba qozondi (2017 1:0, 2018 2:2, 2019 2:2, 2020 1:0, 2021 2:2). Jizzaxliklar joriy mavsum hisobidan hali mag'lubiyatga uchramadi 3ta g'alaba 2ta durang 11 ochko bilan ikkinchi pog'onaga joylashib oldi. "Bunyodkor" 2ta g'alaba, 2ta durang va 1ta mag'lubiyat bilan 8 ochko to'plagan holda onlayn jadvalda uchinchi o'rinni egallab turibdi. Keyingi o'rinlardagi AGMK bitta kam o'yin o'tkazgan, "Qizilqum" va "Qo'qon-1912" jamoalari hali o'z o'yinlarini o'tkazmadi. "Qaldirg'ochlar" turnir jadvalida pastga tushish ehtimoli bor. Navbatdagi turda "So'g'diyona" o'z maydonida "Mashal"ni qabul qiladi, "Bunyodkor"ni esa "Lokomotiv"ga qarshi Toshkent derbisi kutib turibdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика