Jan safga qaytishga yaqin

Mirjalol Normatov
6 may 2018, 10:21
"Liverpul" yarim himoyachisi Emre Jan yaqin vaqtlarda umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlaydi.

"Dushanba kuni Emre tibbiy ko'rikdan o'tadi. U ancha vazifalarni bajarib bo'ldi. Biroq shifokor barchasi yaxshi ekanligini tasdiqlashi kerak. Holat shunday.

Dushanbada bizda aniq ma'lumot paydo bo'ladi. Uning belida muammolar paydo bo'lgandi va shu boisdan erkin harakat qila olmayotgandi. Hozir esa barchasi yaxshi suratda davom etmoqda", - dedi Yurgen Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo