So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o'ynadik, raqib bizni yanchib tashladi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o'ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"

Superliganing 25-turi doirasida "Navbahor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.




- O'yin haqida biror nima deyish qiyin. Qo'pol qilib aytganda, biz yosh bolalardek futbol o'ynadik, raqiblar esa bizni yanchib tashlashdi. Raqibga barcha jabhalarda mag'lub bo'ldik.

- Jamoliddin Ubaydullaevning bugungi o'yini haqida nima deya olasiz? Bizningcha, u bugungi o'yinda juda ko'p xato qildi.

- Faqatgina Jamoliddin emas, barcha himoyachilar juda yomon o'ynashdi. Hech kimni ajratib ko'rsata olmayman. Jamoa yutqazdi, barcha yutqazdi. Hech kimni ayblamoqchi emasman. Markazda, himoyada ko'plab xatolar qildik, hujumdagi ishlarimiz o'xshamadi.

- Jamoanining 2024 yilgi mavsumdagi ishtirokidan qoniqdingizmi?

- Umuman olganda hali yana bir tur bor. Oldindan biror nima deya olmayman. Hozircha gapirish qiyin. O'zingiz ko'rib turibsiz, his qilyapsiz. Yana bir turimiz bor, oxirigacha kurashamiz, harakat qilamiz. Ko'ramiz...

- Bugun Ilhom Vahobovni umuman ko'rmadik.

- Uning oilaviy muammolari bor edi. SHu sababli u bugun ko'rinmadi.

- Zaxiradan tushgan futbolchilar Siz o'ylagandek o'yin ko'rsata olishdimi?

- O'yinimiz yaxshilanishiga umid qilgan holda o'yinni o'zgartirishga harakat qildik. Boshqa sxemaga o'tdik, avvaliga gol urib olgandik. Keyin qator xatolarga yo'l qo'ydik. Himoyachilar juda yomon o'ynashdi.

- Yangi mavsumda ham jamoada qoladigan bo'lsangiz, kimlarni olib qolish va ketkazib yuborishni o'ylab ko'rdingizmi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Hozircha nimadir deya olmayman. Mavsumni yakunlaganimizdan keyin barchasi ko'rina boshlaydi. SHartnomam yil oxirigacha, agar uzaytiriladigan bo'lsa, bu masala ko'rib chiqiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика