So’nggi yangiliklar

14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  2 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  4 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  9 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  9 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  5 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  2 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  3 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  26 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  6 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6

Jamshid Saidov: "Yaxshi jamoa tuzish uchun kamida 2-3 yil vaqt kerak" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Yaxshi jamoa tuzish uchun kamida 2-3 yil vaqt kerak"

Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaninig birinchi qismida mehmonlar ustozi Jamshid Saidov ishtirok etdi.


- Uchrashuvning ikkinchi bo'limidagi tezkor gollar bizni sindirib qo'ydi. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynagandik. Ammo uchta qo'pol xato bizga qimmatga tushdi. Bu bizning birinchi yirik mag'lubiyatimiz bo'ldi. Himoya chizig'imizda bir qator kuchli, yaxshi futbolchilar bor. Sardor Rahmonov ham yaxshi himoyachi. Bizni oldinda O'zbekiston kubogi doirasidagi juda muhim bellashuv kutib turibdi. "Buxoro" futbolchilarining barchasi yurakdan o'ynamoqda. To'g'ri, kimdir ko'ngildagidek harakat qila olmagandir. Jamoamiz o'tgan yili oliy ligada jon saqlab qolish uchun kurashgandi. Bu yilgi natijalar esa yomon emas. Hozir esa kuchli beshlikda boryapmiz. Yaxshi jamoa tuzish uchun kamida 2-3 yil vaqt kerak. Biz ushbu bellashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Asosan qarshi hujumlar orqali o'ynashga harakat qilgandik. Ammo bugun raqib bizga imkon bermadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика