So’nggi yangiliklar

17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  3 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  1 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  8 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  6 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0 13:30"Арсенал", "Манчестер Сити" ва "Реал" германиялик ҳимоячига қизиқмоқда  0 13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  12 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  22 12:13"Галатасарой" Салоҳ билан шартнома имзолашни режалаштирмоқда  1 11:50Уругвай дарвозабони Ўзбекистонга қарши ўйинда қайси вазият қийинчилик тўғдирганини айтди  4

Jamshid Saidov: “Mezbonlik maqomidagi o'yinlarimiz ham safar uchrashuvi kabi o'tayapti” Yangiliklar

Jamshid Saidov: “Mezbonlik maqomidagi o'yinlarimiz ham safar uchrashuvi kabi o'tayapti”

Superliganing 18-turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “So'g'diyona” (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi va ikkinchi bo'lim bir-biridan farqli o'tdi. G'alabani maqsad qilgandik, so'nggi daqiqalardagi etiborsizlik natijasida to'p o'tkazib yubordik. Navbatdagi uchrashuvlarga tayyorlanishda davom etamiz.

- Jamoaning yana bir darvozaboni Xumonshoh Sayyotovga ham chempionat o'yinlarida imkoniyat berish rejangiz bormi?

- Imkoniyat berayapmiz albatta. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

- “Qizilqum” kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda faollik namoyish etayapti. Jamoada shunaqa ruhiyat bormi?

- Biz har bir o'yinga bir xil uslubda tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsad faqat g'alabaga qaratiladi. Futbolda ruhiyatga bog'liq bo'lgan jihatlar ko'p. Mashg'ulotlarda jiddiy ishlaymiz, qaysi jamoa raqib bo'lishi muhim emas, asosiy maqsad g'alabaga qaratiladi.

- Fayzullo Jumanqo'ziev bugun maydonga tushirildi. Biroq, Kuxianidzega imkon berilmadi. Buning sababi taktik uslublar bilan bog'liqmi?

- Taktik uslublar o'yin davomida o'zgarib boradi. Bugun birinchi bo'limdan so'ng o'yinni borishidan kelib chiqib, uslubimizni o'zgartirdik. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, barchaga imkoniyat beramiz.

- Jamoa o'z maydoniga o'ynamayotgani tayyorgarlik jarayoniga va natijalarga salbiy tasir ko'rsatadimi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Biz uchun mezbonlik o'yinlari safar uchrashuvi kabi o'tayapti. Bu albatta jamoaga ham, qolaversa muxlislarga ham qiyinchilik tug'diradi. Klub rahbariyati, umuman butun jamoa ayni muammo bo'yicha jiddiy ishlayapti.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика