Jamshid Saidov: "Kubokmi, chempionatmi, farqi yo'q, hamma g'alabani istaydi"
12 apr 20:30
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Kubokmi, chempionatmi, farqi yo'q, hamma g'alabani istaydi"
O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Olimpik MobiUz" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida
- Bugun asosan yosh futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tushirgandik. Birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmadi. Ikkinchi bo'limda hujumlarni faol tashkil etdik, gol ham urdik. Mag'lub bo'lgan ekanmiz, umumiy aytadigan bo'lsam, bugun yomon o'ynadik.
- Kubok bahslarida jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgan?
- Kubokmi, chempionatmi, farqi yo'q, hamma g'alaba qozonishni istaydi. Xatto o'rtoqlik yoki nazorat uchrashuvlarida ham hech bir jamoa yutqazaman deb maydonga chiqmaydi. Vazifamiz bor, navbatda 2 ta o'yin bor, o'sha uchrashuvlarda g'alabaga erishib, pley-off bosqichiga chiqishga harakat qilamiz.
- Maydon haqida fikringiz?
- Barcha alo darajada. Infratuzilma jihatdan ham zo'r. Bu borada menda biron etiroz yo'q.
O’xshash yangiliklar
01:25
Jamshid Rustamov: "CHempion bo'lishni maqsad qilgan edik, lekin bronza uchun ham xursandmiz" 0
Fikrlar